Engin Hepileri

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Engin Hepileri

Hepileri 2012-yilda sahnada chiqish qiladi
Tavalludi 3-mart 1978-yil (1978-03-03) (46 yosh)
Fuqaroligi Turkiya
Kasbi Aktyor, teatr rejissori va teleboshlovchi
Faoliyat yillari 1996-hozirgacha
Turmush oʻrtogʻi Ayşe Topçu (2011-2014)
Beyza Şekerci[1]
Bolalari 1

Engin Hepileri (1978-yil 3-martda tugʻilgan)[2] turk aktyori va teatr rejissori. Mashhur Emret Komutanim harbiy komediyasi, Kampüsistan yoshlar seriali va Intikam Qasos filmlari bilan tanilgan. Qoʻshiqchi Kazım Koyuncu obrazini oʻynagan va shu film koʻplab kino festivallarda qatnashgan[3]. Shuningdek, Yılan Hikayesi, Yedi Numara, Gece Gündüz, Bu Kalp Seni Unutur Mu, Yaprak Dökümü, Hürrem Sultan, Gönül Çelen, Kızlar Yurdu kabi koʻplab seriallarda bosh rollarni oʻynagan. Sahnada Kent Oyunculari tarkibiga qoʻshilgach, teatr spektakllarida rol oʻynashni kamaytirib boshladi. 2008-yilda teatr rejissori sifatida faoliyatini davom ettirdi. TRT 1 telekanalida qisqa vaqt teleboshlovchi boʻlib, Altin Petek teledasturini olib bordi.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hepileri sahnadagi ilk ishini Cağalooğlu Anadolu Lisesida talaba boʻlganida boshlaydi. 1996-yilda Istanbul Universiteti Davlat Konservatoriyasiga oʻqishga kiradi. 2002-yilda shu Universitetning aktyorlik yoʻnalishi boʻyicha magistratura bosqichida oʻqishni boshlagan va 2005-yilgacha shu yerda ilmiy xodim boʻlib ishlagan[4].

Oʻrta maktabda oʻqib yurganida Turkiya davlat teatri tomonidan tashkil etilgan toʻrtta spektaklda rol oʻynagan. 1998-yilda Anlat Şehrazat musiqiy filmida suratga tushadi, keyinchalik Theatre Forada Ölümsüzler spektaklarida rol oʻynadi[5]. Shu yilning oʻzida Kent Oyuncuları aktyorlari tarkibiga qoʻshildi. „Kent Oyuncuları“ kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan 20 ta spektaklda rol oʻynadi. Ayni paytda Hepileri kino va televidenie sohasida faoliyatini davom ettira boshlagan[6]. 2008-yilda teatr spektakllariga rejissyorlik qilishni boshlagan va Istanbul universiteti va Kenter Akademiyasida professor-oʻqituvchi boʻlib ishlagan. 2011-2012–yillar oraligʻida TRT Okul kanalida ish kunlarida madaniyat-sanʼat mavzusidagi dasturni olib bordi[7].

Filmografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Film[tahrir | manbasini tahrirlash]

Teleseriallari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Musiqa videolari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Teledasturlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Altın Petek (2016)

Mukofotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • 2004 yil – 8-Afife teatr mukofoti, „Teatrdagi eng yosh avlod mukofoti“
  • 2010 yil – 15-Sadri Alishik aktyorlik mukofoti, „Komediya yoʻnalishida eng yaxshi ikkinchi darajali aktyor“
  • 2011 – 18-Adana Oltin koʻzasi mukofotlari, „Hakamlar hay’atining jamoaviy ijro uchun maxsus mukofoti (aktyorlar bilan birgalikda)“
  • 2015 – 20-Sadri Alışık kino mukofotlari, „Ayhan Ishik maxsus mukofoti“ (Çalsın Sazlar/Yağmur: Kıyamet Çiçeği)

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Engin Hepileri ile Beyza Şekerci evlendi“ (2015-yil 29-may). Qaraldi: 2020-yil 31-avgust.
  2. „Engin Hepileri“. sinemalar.com. 2015-yil 19-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 22-dekabr.
  3. „Engin Hepileri Kimdir? - Güncel Engin Hepileri Haberleri“.
  4. „Engin Hepileri kimdir? Engin Hepileri nereli ve kaç yaşında?“ (2019-yil 27-iyun). Qaraldi: 2020-yil 31-avgust.
  5. „Tiyatro Fora Oyuncuları“. tiyatrofora.com. 2014-yil 6-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 23-noyabr.
  6. „Engin Hepileri kimdir kaç yaşında?“ (2018-yil 12-may). Qaraldi: 2020-yil 31-avgust.
  7. „Engin Hepileri Kimdir?“ (2016-yil 18-may). Qaraldi: 2020-yil 31-avgust.