Emil Kenjisariyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Emil Kenzhesariyev
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 26-mart 1987-yil (1987-03-26) (37 yosh)
Tavallud joyi Bishkek, Qirgʻiziston SSR, Soviet Union
Boʻyi 1.75 m (5 ft 9 in)
Ampluasi Himoyachi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2003–2005 en:Abdish-Ata Kant 46 (21)
2005 FC Cesna 10 (6)
2006–2007 Astana 58 (8)
2008–2011 Aktobe 113 (18)
2011–2012 Bunyodkor 6 (0)
2012–2013 Aktobe 25 (3)
Milliy terma jamoa
2004 Qirgʻiziston 3 (1)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2014-yil 18-noyabr uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2014-yil 18-noyabr uchun)

Emil Rinatovich Kenzhesariyev (qirgʻizcha: Эми́ль Рина́тович Кенжисари́ев, 1987-yil 26-mart, Bishkek) – qirgʻizistonlik / qozogʻistonlik futbolchi, oxirgi marta Qozogʻiston Premyer-ligasining „Aktobe“ klubida himoyachi sifatida oʻynagan. 2010-yilgi Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi kubogida oltita gol urib, eng yaxshi toʻpurarga aylandi. Qirgʻiziston milliy futbol terma jamoasining sobiq aʼzosi.

Futbolchilik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

U 2003-yilda Bishkek Olimpiya jamoasi tarkibida Qirgʻiziston chempionatida debyut qilgan. „Abdish-Ata“ (Kant) klubiga oʻtib, 2004-yilda mamlakatning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. 2005-yil yanvar oyida „Norin Dordoy-Dinamo“ tarkibida 2005-yilgi Hamdoʻstlik chempionlari kubogida ishtirok etdi. 2005-yilning 22-mayidan 4-iyuniga qadar Xoshimin shahrida (Vyetnam) futzal boʻyicha boʻlib oʻtgan VII Osiyo chempionatida Emil va Qirgʻiziston terma jamoasi yarim finalga qadar yetib bordi. 2005-yilda Bishkekdagi oʻrta maktabni tugatib, oʻsha yilning yozida Olmaotaga koʻchib oʻtdi. Qozogʻistondagi dastlabki mavsumini birinchi ligasining „Sesna“ jamoasida yakunladi[1].

2006—2007-yillarda Qozogʻiston oliy divizionining „Astana“ klubida oʻynagan va u bilan 2006-yilda Qozogʻiston chempioni boʻlgan (barcha 30 oʻyin oʻtkazib, ikkita gol urgan).

2008-yildan 2013-yilgacha „Aktobe“ jamoasida oʻynagan. Aqtoʻbe jamoasi bilan uch marta Qozogʻiston chempioni boʻlgan (2008—2009 va 2013). 2008-yilgi futbol boʻyicha Qozogʻiston kubogi va ikkita Superkubogi (2008 va 2010) sohibi boʻlgan.

2009-yilda u Qirgʻiziston fuqaroligini Qozogʻiston fuqaroligiga oʻzgartirdi[2]. 2012-yil yanvar oyida u Rossiya Premyer-ligasining „Rostov“ klubi bilan mavsum oldi mashgʻulotlarda qatnashdi[3], ammo yakunda jamoaga mos kelmadi. 2012-yil amsvum avvalida Toshkentning „Bunyodkor“ klubi bilan shartnoma imzoladi[4]. Ammo bor yoʻgʻi 6 ta oʻyin oʻtkazib, yozda yana Aqtoʻbega qaytdi.

Terma jamoadagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2005-yilda Qirgʻiziston yoshlar terma jamoasi tarkibida ikkita oʻyin oʻtkazib, raqiblar darvozasiga bitta gol urgan[5].

Qirgʻiziston terma jamoasi safida 3 ta oʻrtoqlik uchrashuvi oʻtkazgan[6]. Intervyuda u Qozogʻiston terma jamoasida oʻynashni xohlashini tan oldi. Ammo Emil boshqa jamoada oʻynagani uchun oʻynay olmaydi[7].

Futbolchiga hujum[tahrir | manbasini tahrirlash]

UEFA Yevropa Ligasining saralash bosqichida gʻalaba qozongach, qisqa muddatli taʼtil oldi. Emil taʼtilni Olmaota va Qirgʻizistonda oʻtkazish niyatida edi. 2013-yilning 10-avgustidan 11-avgustiga oʻtar kechasi Kenjisariyev Olmaota shahridagi Jambil va Abilayxon koʻchalari kesishmasida hushsiz holatda topilgan[8]. 2013-yilning 11-avgustida Qozogʻistonning Olmaota shahrida Kenjesariyevga hujum qilingan va koma holatida kasalxonaga yotqizilgan[9]. Qozogʻiston matbuotida uning boshidan jarohat olgani uchun operatsiya qilingani, komada qolgani[10], ammo ahvoli yaxshilanib borayotgani aytilgan[11]. Oxir-oqibat, u sentyabr oyi oxirida kasalxonadan chiqqan va hozirda reabilitatsiya mashgʻulotlaridan oʻtmoqda, toʻliq tiklanishi kutilmoqda[12].

Qozogʻiston chempionatining 23-turidan oʻrin olgan barcha oʻyinlarda Emilning tezroq sogʻayib ketishini tilagan bannerlar osilgan.

Murabbiylik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2017-yil oktabr oyida Kenjisariyev Qirgʻiziston Respublikasi futbol federatsiyasining Futbol markazida murabbiylik kursini tamomlab, bolalar va oʻsmirlar jamoalarida murabbiy sifatida ishlash huquqini beruvchi „D“ murabbiylik litsenziyasi sohibi boʻldi[13].

Yutuqlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jamoaviy[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Qozogʻiston chempioni (4): 2006, 2008, 2009, 2013
  • Qozogʻiston kubogi gʻolibi : 2008
  • Qozogʻiston Superkubogi gʻolibi (2): 2008, 2010

Individual[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Qirgʻizistonning eng yaxshi futbolchisi (1): 2004
  • Qozogʻiston Premer-ligasining 33 ta eng yaxshi futbolchisi roʻyxatida (1): 2011

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „КЕНЖИСАРИЕВ МОЖЕТ ИГРАТЬ ЛИШЬ ЗА ОДНУ СБОРНУЮ — СБОРНУЮ КЫРГЫЗСТАНА“. 2014-yil 7-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 19-fevral.
  2. „Эмиль Кенжисариев: «Врагу не пожелаешь того, что произошло в Киргизии»“. 2010-yil 9-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 10-dekabr.
  3. Uroven Kenjisarieva ne ustroil Balaxnina[sayt ishlamaydi]
  4. Kenjisariev stal futbolistom „Bunedkora“ (Wayback Machine saytida 2012-02-02 sanasida arxivlangan)
  5. Viktor Xoxlyuk: „Nashi futbolnie legendi. Goleadori bivshego SSSR v futbolnix bitvax zarubejya“. – Москва. – 2018. – str. 99. ISBN 978-5-604-10716-4
  6. Emil Kenjisariev: „Ya uje neodnokratno govoril, chto xotel bi vistupat v sbornoy Kazaxstana“
  7. Emil Kenjisariev: „Vot tak i poluchaetsya, chto ya igrok bez sbornoy“
  8. „В Алматы жестоко избили защитника «Актобе»“. 2014-yil 10-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 21-avgust.
  9. „"Aktobe defender Emil Kenzhesariev is in a coma"“. 2013-yil 29-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 17-avgust.
  10. „"Актобе" вакили Кенжисариев комада“. 2023-yil 23-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 11-sentyabr.
  11. „"Emil Kenzhisariev had a second operation"“. 2013-yil 29-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 17-avgust.
  12. „Kenzhesariev discharged from hospital“
  13. „Экс-игрок «Актобе» Кенжисариев получил тренерскую лицензию категории «D»“. 2017-yil 26-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 26-oktyabr.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]