Eduard Mammadov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Eduard Mammadov
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi Erkak
Taxallusi/Laqabi „Oq boʻri“
Fuqaroligi Ozarbayjon bayrogʻi Ozarbayjon
Tavallud sanasi 2-yanvar 1978-yil (1978-01-02) (46 yosh)
Boku, Ozarbayjon
Faoliyat yillari 1993—h.v
Boʻyi 1.70 m
Vazni 63 kg
Sport
Qaysi sport Kikboksing
Murabbiy(lar)i Chingiz Eyvazov

Eduard Mammadov (ozarbayjoncha: Eduard Tofiq oğlu Məmmədov; 1978-yilda Bokuda tugʻilgan) – ozarbayjonlik professional kikbokschi. „Oq boʻri“ laqabi bilan tanilgan. 28 karra jahon chempioni[1], 9 karra Yevropa chempioni, 9 karra jahon kubogi sohibi, 15 karra Ozarbayjon chempioni, Osiyo va Yevroosiyo chempioni, professionallar oʻrtasida jahon chempioni, professionallar oʻrtasida WAKO qitʼalararo kamar sohibi.

Ozarbayjonda xizmat koʻrsatgan sport ustasi, Ozarbayjonda xizmat koʻrsatgan murabbiy. Ozarbayjon Respublikasida faxriy jismoniy tarbiya va sport xodimi. Ozarbayjon kikboksing federatsiyasi boshqaruvi raisi oʻrinbosari, milliy terma jamoa bosh murabbiyi yordamchisi, Ozarbayjon Ichki ishlar vazirligi sport tayyorgarligi boshqarmasi boshligʻi, podpolkovnik.

Sportdagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

1978-yil 2-yanvarda Boku shahrida tugʻilgan. 1993-yildan professional kikboksing bilan shugʻullana boshlagan. Faoliyatidagi ilk gʻalabasini 1995-yilgi Ozarbayjon chempionatida qoʻlga kiritgan. 1996—1999-yillarda harbiy xizmatni oʻtagan.

Eduard oʻzining eng unutilmas gʻalabalaridan birini 2000-yilda Gretsiyada boʻlib oʻtgan jahon chempionatida qoʻlga kiritgan. Jangning 15-soniyasida raqibini nokautga uchratib, jahon chempioni nomiga sazovor boʻlgan.

2015-yilning 25-dekabr kuni Ozarbayjon Prezidenti Eduard Mamedovni sportni rivojlantirishga qoʻshgan hissasi uchun bir qator mukofotlar bilan taqdirlagan. 2006, 2009, 2011 va 2014-yillarda Eduard Mamedov Ozarbayjonda yilning eng yaxshi sportchisi deb topilgan[2].

Murabbiylik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2000-yildan beri Eduard kikboksing boʻyicha professional murabbiy hisoblanadi. Uning shogirdlari orasida koʻp karra jahon va Yevropa chempionlari mavjud.

2021-yilning 22-aprelida Ozarbayjon kikboksing federatsiyasi boshqaruvi raisi oʻrinbosari va terma jamoa bosh murabbiyi oʻrinbosari etib tayinlangan.

2021-yil 15-iyulda Ozarbayjon Respublikasi Ichki ishlar vazirligining „DINAMO“ sport jamiyatining bosh inspektori etib tayinlangan.

2016-yilda Eduard Mammadov „Oq boʻri“ (ozarbayjoncha: „Ağ Canavar“) nomli xususiy sport maktabiga asos solgan[3].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]