Edip Gafarov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Edip Gafarov
Edip Saidovich Gafarov
Qrim Respublikasi Davlat kengashi deputati
Mansab davri
2014-yil 14-sentyabr
Qrim Respublikasi Davlat kengashi raisining o'rinbosari
Mansab davri
2018-yil 30-iyul
Prezident Vladimir Putin
Oʻtmishdoshi Remzi Ilyasov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 9-may 1952-yil
Oqtosh, Samarqand viloyati, O'zSSR
Siyosiy partiyasi Единая Россия

Edip Saidovich Gafarov (qrim tatarcha: Edip Said oğlu Gafarov, Эдип Саид огълу Гафаров; 9-may 1952-yil, Oqtosh, Samarqand viloyati) – ukrain va rus siyosatchisi. 2018-yil 30-iyuldan Qrim Respublikasi Davlat kengashi raisining oʻrinbosari.

2014-yildan Qrim Respublikasi Davlat kengashi aʼzosi.

Qrim Avtonom Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining oʻrinbosari (2002—2005). Qrim Avtonom Respublikasi Oliy Radasi deputati (2002—2006), oltinchi chaqiriq Qrim Avtonom Respublikasi Oliy Kengashi deputati (2010—2014).

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Edip Gafarov  1952-yil 9-mayda Oʻzbekiston SSR Samarqand viloyati Narpay tumani Oqtosh qishlogʻida tugʻilgan. Millati – qrim tatar.

1970—1972-yillarda Germaniyada Sovet qoʻshinlari guruhida xizmat qilgan.

1974-yildan BTI Samarqand viloyat boshqarmasida ishlagan.

1982-yilda Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutini tamomlagan.

1991—1999-yillarda Qrimda qurilish sohasida ishlagan – qurilish materiallari zavodi direktori, qurilish tresti boshqaruvchisi boʻlgan.

1999-yildan — Qrim Avtonom Respublika qoʻmitasi raisining millatlar va deportatsiya qilingan fuqarolar ishlari boʻyicha oʻrinbosari vazifasiga tayinlanagan. 2000—2002-yillarda ushbu qoʻmitaga rais boʻlgan.

2002—2005-yillarda – Qrim Avtonom Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining oʻrinbosari.

Qrimdagi saylovlarda u Mustafo Jemilevning „Qrim-tatar xalqi majlisi“ ga muxolif boʻlgan „Qrim tatar bloki“ ni boshqargan. 2006-yilda u „Mejlis qrim tatarlari orasidagi barcha hokimiyatni va milliy harakatdagi barcha xizmatlarini oʻz zimmasiga olishga harakat qilmoqda“ deb xabar berdi[1]. 2007-yilda Edip Gafarov „Mejlisning fikri bu butun Qrim-tatar xalqining fikr emas“ degan fikrlarni bildirdi[2].

2008—2014-yillarda – Qrim Avtonom Respublikasi qoʻmitasi raisining suv xoʻjaligi qurilishi boʻyicha birinchi oʻrinbosari.

Qrim Avtonom Respublikasi Oliy Radasi deputati (2002—2006), oltinchi chaqiriq Qrim Avtonom Respublikasi Oliy Kengashi deputati (2010—2014).

2014-yil 14-sentyabrdan – birinchi chaqiriq Qrim Respublikasi Davlat kengashi deputati (Rossiya qonunlariga muvofiq saylangan), Millatlararo munosabatlar qoʻmitasining raisi.

Ukraina prokuraturasi Qrim Avtonom Respublikasi Davlat kengashini davlatga xiyonat qilishda gumon qilmoqda va shuning uchun Edip Gafarovni qidiruvga bergan[3].

2018-yil 30-iyulda u Qrim Respublikasi Davlat kengashi raisining oʻrinbosari etib saylandi.

Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Ukraina Vazirlar Mahkamasining Faxriy yorligʻi (2004-yil 22-may) – koʻp yillik vijdonli mehnati, Qrimda millatlararo munosabatlarni mustahkamlash va deportatsiya qilingan fuqarolarni qaytarish va joylashtirish bilan bogʻliq tadbirlarni amalga oshirishga qoʻshgan katta shaxsiy hissasi uchun[4].
  • „Sadoqat“ ordeni (Qrim Respublikasi, 2015-yil 13-mart) – Qrim davlatchiligi boʻyicha referendumni tashkil etishdagi xizmatlari uchun[5]
  • „Jasoratli mehnat uchun“ medali (Qrim Respublikasi, 2022-yil 19-aprel)[6]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Эдип Гафаров: «У народа нет аутсайдеров…»“. 2022-yil 2-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 23-oktyabr.
  2. Krimsko-tatarskiy medjlis ofitsialno podderjal proyuщenkovskiy blok „NU-NS“ (Ukraina)
  3. „Прокуратура АРК предоставила список экс-депутатов ВР Крыма, объявленных в розыск“ (ru). Центр журналистских расследований (2015-yil 6-avgust). 2017-yil 3-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 21-noyabr.
  4. „Про нагородження Почесною грамотою Кабінету Міністрів України“. Верховна Рада України (2004-yil 22-may). 2020-yil 21-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 20-iyun.
  5. „Постановление Президиума ГС РК от 13 марта 2015 года № 510-1/15“. 2021-yil 15-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 24-oktyabr.
  6. „О награждении работников различных отраслей“. Государственный совет Республики Крым (2022-yil 19-aprel). Qaraldi: 2022-yil 7-iyun.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]