Edgar Manucharyan

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Edgar Vagrikovich Manucharyandan yoʻnaltirildi)

Edgar Vagrikovich Manucharyan (armancha: Էդգար Վագրիկի Մանուչարյան; 1987-yil 19-yanvarda Armaniston markazi Yerevanda dunyoga kelgan.

Edgar Manucharyan Futbol
Edgar Manucharyan v sostave „Urala“

Edgar Manucharyan „Ural“ tarkibida
Umumiy maʼlumotlari
Toʻliq ism sharifi

Edgar Vagriki Manucharyan

Tugʻilgan

19-yanvar 1987-yil

(1987-01-19)(35 yosh)

Yerevan, Armaniston

Fuqaroligi
Boʻyi

177 cm

Vazni

75 kg

Pozitsiya

hujumchi

Klub haqida maʼlumot
Klub

karerasini tugatgan

Yoshlik yillarida
Flag Armenii Pyunik
2006—2009 Flag Niderlandov Ayaks (Amsterdam)
Klublardagi faoliyati
2002—2005 Flag Armenii Pyunik 53 (40)
2002 Flag Armenii Pyunik-3 15 (14)
2003 Flag Armenii Pyunik-2 1 (0)
2005—2010 Flag Niderlandov Ayaks (Amsterdam) 13 (1)
2009—2010 Flag Niderlandov Xarlem 17 (6)
2010 Flag Niderlandov AGOVV 10 (7)
2010—2012 Flag Armenii Pyunik 28 (13)
2011—2012 Flag Rossii Ural 12 (6)
2012—2016 Flag Rossii Ural 86 (19)
2017 Flag Tailanda Ratburi 0 (0)
2017—2018 Flag Rossii Ural 6 (0)
2018—2019 Flag Armenii Alashkert 21 (3)
2019 Flag Armenii Pyunik 3 (0)
2020 Flag Armenii Alashkert 5 (0)
Terma jamoadagi faoliyati
2002—2004 Flag Armenii Armaniston (U17) 9 (8)
2003—2004 Flag Armenii Armaniston (U 19) 15 (9)
2002—2008 Flag Armenii Armaniston (U 21) 7 (1)
2004—2017 Flag Armenii Armaniston 53 (9)
Logotip Vikisklada Wikimedia Commonsdagi media fayllar

Edgar Manucharyan arman futbolchisi boʻlib, maydonda hujumchi vazifasini bajargan. Armaniston terma jamoasi safida toʻp surgan futbolchi.

Futbolchilik faoliyatini „Pyunik“ klubida boshlagan[1]. 17 yoshida u klubning eng yaxshi toʻpurari boʻlgan va Armaniston yoshlar terma jamoasida oʻynay boshlagan. 2005-yilda u Amsterdamning „Ayaks“ klubiga oʻtgan, klub tarkibida 2006 va 2007-yillarda Gollandiya kubogini qoʻlga kiritgan[2]. 2006-yildan boshlab u „Ayaks“ yoshlar jamoasida oʻynagan va 2009-yilning avgustida u „Haarlem“ klubiga ijaraga berilgan. Manucharyanning bu jamoasi olti oydan soʻng tarqatib yuborilgan. 2010-yil fevral oyida Manucharyan AGOVV klubiga ijaraga berilgan va u „Ayaks“ga qaytganidan soʻng, klub bilan shartnomasi oʻzaro kelishuv asosida bekor qilingan. Iyul oyining oʻrtalarida u Pyunikga qaytib kelgan. 2011-yilning avgust oyida u „Ural Yekaterinburg“ga ijaraga berilgan.

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2004-yil dekabr oyi boshida Manucharyan sinov uchun Amsterdamning Ayaks jamoasiga borgan va 14-dekabr kuni Elche shahrida boʻlib oʻtgan Ispaniyaning "Barcelona" jamoasiga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida qatnashgan va oʻng oyogʻining metatarsal suyagi sinishi natijasida maydonda bor-yoʻgʻi 14 daqiqa vaqt oʻtkazgan futbolchi oʻyinni davom ettira olmagan[3]. Shu kuni Armaniston futbol federatsiyasi jurnalistlar oʻrtasida oʻtkazilgan soʻrovnoma natijalariga koʻra Manucharyanni Armanistonning 2004-yildagi eng yaxshi futbolchisi deb topgan[4]. Jarohatdan keyin „Ayaks“ darhol futbolchi bilan shartnoma imzolashdan bosh tortgan. 2005-yil 1-iyulga kelib, futbolchi bilan uch yillik shartnoma imzolagan „Ayaks“ 100 000 dollar evaziga futbolchini oʻz tarkibiga qoʻshgan.

Manucharyan 2005-yil 18-sentyabrda Gollandiya chempionati doirasida AZga qarshi o‘yinda „Ayaks“ safida debyut qilgan. Futbolchi 84-daqiqada hujumchi Rayan Babel o‘rniga zaxiradan maydonga tushgan. „Ayaks“ bu oʻyinda mehmonlardan 4: 2 hisobida mag‘lub bo‘lgan[5]. 2005/06-yilgi mavsumda Manucharyan chempionatda toʻrtta oʻyin oʻtkazgan hamda Gollandiya kubogi sohibiga aylangan[6].

2006/07-yilgi mavsumda Manucharyan kamdan-kam hollarda asosiy jamoaga kiritilgan va tez-tez jarohat olgan. 2006-yil 2-noyabrdagi UEFA kubogi doirasida Avstriyaning „Avstriya“ Vena jamoasiga qarshi oʻyinda u „Ayaks“ uchun debyut golini kiritgan. Manucharyan 57-daqiqada maydonga tushib, 8 daqiqadan soʻng gol urishga muvaffaq boʻlgan. Amsterdamliklar bu oʻyinda oʻz maydonida 3:0 hisobida gʻalaba qozonishgan[7]. 2006-yil 22-iyulda Manucharyan yangi „Emirates“ stadionida boʻlib oʻtgan Angliyaning „Arsenal“ jamoasiga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida ishtirok etgan. Bu oʻyin „Ayaks“ va „Arsenal“ning sobiq futbolchisi Dennis Bergkamp uchun xayrlashuv oʻyini deb sanalgan[8]. Manucharyan oʻyinda Kleys-Yan Xuntelaar uchun golli uzatmani amalga oshirgan va u yangi stadiondagi ilk golini kiritgan[8]. 2007-yil mart oyi boshida Edgar shartnomasini 2011-yilgacha uzaytirishga qaror qilgan[9]. May oyida Manucharyan ikkinchi bor Gollandiya kubogini qoʻlga kiritishga muvaffaq boʻlgan.

2007/08-yilgi mavsumda Manucharyan asosiy jamoada birorta ham oʻyin oʻtkazmagan. „Ayaks“ bosh murabbiyi Adri Koster unga jamoadan joy berishni istamagan. Garchi Manucharyan aʼlo formada va doimo yoshlar jamoasida oʻynagan boʻlishiga qaramay, baʼzida yengil tan jarohati olishi futbolchiga pand bergan. 2008-yilning may oyida Manucharyan jamoani tark etish istagini bildirgan[10]. 2008-yilning iyun oyida u va yana besh nafar futbolchi klub tomonidan sotuvga qoʻyilgan[11]. Ammo baʼzi futbolchilar ijaraga berilgan va Manucharyan klubda qolishga majbur boʻlgan. 2008-yilgi Yevropa chempionatidan soʻng, Adri Koster oʻrniga „Ayaks“ning sobiq hujumchisi Marko van Basten klubning yangi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Biroq Van Basten kelganidan keyin Manucharyan „Ayaks“ning asosiy jamoasiga chaqirilmagan.

„Ural“[tahrir | manbasini tahrirlash]

2012-yilning yozida Manucharyan „Ural“ bilan ikki yillik shartnoma imzolagan[12]. 2017/18-yilgi mavsum oxirida shartnomasi tugaganidan keyin Manucharyan Yekaterinburg klubini tark etgan.

„Alashkert“[tahrir | manbasini tahrirlash]

2018-yilning 25-iyulida Manucharyan „Alashkert“ jamoasi bilan 2018/19-yilgi mavsumda 2019-yilning 5-iyunida yakuniga yetishi nazarda tutilgan shartnomani imzolashga kelishgan[13][14].

„Pyunik“[tahrir | manbasini tahrirlash]

2019-yil 6-iyun kuni „Pyunik“ Manucharyanning qaytishini eʼlon qilgan. Futbolchi 2019-yilning 24-dekabr kuni bor-yo‘g‘i to‘rtta o‘yin o‘tkazib, bitta gol urgan holda jamoani tark etgan[15][16].

„Alashkert“ safiga qaytish[tahrir | manbasini tahrirlash]

2020-yil 4-mart kuni „Alashkert“ Edgar Manucharyanning klubga qaytishini eʼlon qilgan[17].

2020-yil 2-avgust kuni Edgar Manucharyan faoliyatini yakunlaganini eʼlon qilib, oʻz tajribasi bilan oʻrtoqlashib, mahalliy futbolga yordam berish uchun futbol maydonida qolishini maʼlum qilgan[18].

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

„Pyunik“ safida
  • Armaniston chempioni (4 karra): 2002, 2003, 2004, 2010.
  • Armaniston kubogi sohibi (2 karra): 2002, 2004.
  • Armaniston Superkubogi sohibi (3 karra): 2002, 2004, 2010.
„Ayaks“ (Amsterdam) safida
  • Gollandiya kubogi sohibi (2 karra): 2005/06, 2006/07-yilgi mavsumlarda
„Ural“ tarkibida
  • FNL chempionati gʻolibi (1 karra): 2012/13-yilgi mavsum
  • FNL kubogi gʻolibi (2 karra): 2012, 2013.
  • Rossiya kubogi finalchisi (1 karra): 2016/17-yilgi mavsum

Shaxsiy yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Armanistonda yilning eng yaxshi futbolchisi: 2004-yil
  • Armaniston chempionatining eng yaxshi toʻpurari: 2004-yil (Galust Armenovich Petrosyan bilan birga)

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Otasi — Vagrik Manucharyan „Pyunik-2“ jamoasining sobiq bosh murabbiyi. Ukasi — Xoren Manucharyan, „Alashkert“ futbolchisi boʻlgan.

Statistika[tahrir | manbasini tahrirlash]

2019-yil 18-noyabr holatida[19]
Milliy jamoa Yil Oʻyinlar Gollar
Armaniston 2004 6 0
2005 3 1
2006 2 0
2007 3 0
2008 3 1
2009 3 0
2010 6 3
2011 8 1
2012 2 1
2013 3 1
2014 6 0
2015 1 0
2016 3 1
2017 4 0
Jami 53 9

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. EDGAR MANUCHARYAN // Base de Datos del Futbol Argentino (isp.)
  2. Edgar Manucharyan // FBref.com (Wayback Machine saytida 2022-09-09 sanasida arxivlangan(mn.)
  3. „Barcelona too strong for Ajax in friendly: 2-1“. 2008-yil 28-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 20-iyun.
  4. 17-letniy Edgar Manucharyan priznan luchshim futbolistom Armenii 2004 goda
  5. AZ — Ajax 4:2[sayt ishlamaydi]
  6. „Manucharyan — season 2005/2006“. 2009-yil 11-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 20-iyun.
  7. Ayaks — Austriya Vena 3:0
  8. 8,0 8,1 „Bergkamp given rousing farewell“ (en). 2012-yil 29-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 20-iyun.
  9. „Эдгар Манучарян будет играть за «Аякс» до 2011 года“. 2009-yil 9-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 20-iyun.
  10. „Форвард сборной Армении Эдгар Манучарян намерен уйти из «Аякса»“. 2018-yil 31-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 20-iyun.
  11. „«Аякс» выставил на трансфер пять футболистов“. 2008-yil 5-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 24-iyun.
  12. „Эдгаг Манучарян внесен в заявку «Урала» на Supra-Первенство ФНЛ“. 2017-yil 24-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 23-fevral.
  13. „Էդգար Մանուչարյանը` «Ալաշկերտի» ֆուտբոլիստ — ՖԱ Ալաշկերտ Երևան“ (hy). Qaraldi: 2020-yil 3-avgust. [sayt ishlamaydi]
  14. „«Ալաշկերտը» հրաժեշտ տվեց 7 ֆուտբոլիստների — ՖԱ Ալաշկերտ Երևան“ (hy). Qaraldi: 2020-yil 3-avgust. [sayt ishlamaydi]
  15. „Edgar Manucharyan back to Pyunik“ (en). Fcpyunik.am. 2019-yil 11-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 3-avgust.
  16. „Edgar Manucharyan left Pyunik“ (en). Fcpyunik.am. 2020-yil 11-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 3-avgust.
  17. „Պաշտոնական հայտարարություն. Իշխանյան, Մանուչարյան — ՖԱ Ալաշկերտ Երևան“ (hy). Qaraldi: 2020-yil 3-avgust. [sayt ishlamaydi]
  18. „Экс-форвард «Урала» и «Аякса» Манучарян завершил карьеру“. Sports.ru. 2020-yil 22-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 3-avgust.
  19. Edgar Manucharyan at National-Football-Teams.com