Dovud Rastag'fariy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Dovud Rastag'fariy
Shaxsiy maʼlumotlar
Dini Islom
Tanilgan sohasi roviy

Dovud Rastagʻfariy (arabcha: داوود رستغفري — Dovud ibn Amr Rastagʻfariy Ishtixoniy) — roviy.

Mashhur arab tarixchisi Abdulkarim Samʼoniyning „Ansob“ kitobida shunday keltirilgan: "Samarqandning taniqli roviylaridan biri Dovud Rastagʻfariydir.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Najmiddin Umar Nasafiyning „Kitob al-qand fiy zikri ulamoi Samarqand“ kitobida keltirilishicha, Dovud Rastagʻfariy avval Nasafda qozilik qilgan. Soʻng, Abu Saʼiyd Abdurahmon ibn Saad ibn Abu Vaqqos Zuhriy Naysoburiy Boluviydan keyin Ishtixonda ham bir necha yil qozilik qilgan.

Ustozi[tahrir | manbasini tahrirlash]

U hadis ilmi sir-asrorlarini Ahmad ibn Hishom Ishtixoniydan oʻrgangan va hadis rivoyat qilgan.

Shogirdi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dovud Rastagʻfariydan Muhammad ibn Ibrohim Hamadvayh Ishtixoniy hadis rivoyat qilgan"[1].

Vafoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

U 985 yili Ishtixonda vafot etgan. Vasiyatiga koʻra uning jasadi Xartang qishlogʻiga olib kelinib, muhaddis Muhammad ibn Ismoil Buxoriy (810-870)ning qabri yoniga dafn etilgan[2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Abdulkarim Samʼoniy. Ansob. J. 6. — Bayrut, 1998. 126.
  2. Oʻrta asr sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy-falsafiy merosi ensiklopediyasi. – Samarqand. Imom Buxoriy xalqaro markazi, 2016. – B. 500.