Fraungofer chiziqlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Fraungofer chiziqlari - Quyosh spektridagi yutilish spektral chizikdari. Yorugʻlikning Quyosh yoki Yer atmosferasidagi yutilishi tufayli hosil boʻladi (telluriy chiziklar). Fraungofer chiziqlarini 1802 yilda birinchi marta ingliz fizigi U. Uollaston kuzatgan, 1814 yilda nemis fizigi Y. Fraungofer batafsil tekshirgan va bayon etgan, 1860 yilda G. Kirxgof nazariy tushuntirib bergan. Elektromagnit toʻlqinlar spektrining infrakizil, koʻrinuvchi va ultrabinafsha sohalarida 20 mingdan ortiq Fraungofer chiziqlari kuzatiladi. Ulardan eng qisqasining toʻlqin uzunligi A,= 155 nm. Fraungofer chiziqlarining koʻpchiligi maʼlum kimyoviy elementlarning spektral chiziqlari bilan bir xil ekanligi aniqlangan. Fraungofer chiziqlarini oʻrganish Quyosh atmosferasining kimyoviy tarkibini, Quyoshdagi fizik sharoitlar va h.k.ni aniqlash imkonini beradi.