Kontent qismiga oʻtish

The Big Bang Theory

Vikipediya, erkin ensiklopediya
The Big Bang Theory
Turi Sitkom
Muallif(lar) Chuck Lorre
Bill Prady
Rollarda Johnny Galecki
Jim Parsons
Kaley Cuoco
Simon Helberg
Kunal Nayyar
Sara Gilbert
Qismlar boshidagi musiqa "History Of Everything" (Barenaked Ladies)
Mamlakat  Amerika Qoʻshma Shtatlari
Til Inglizcha
Mavsumlar soni 12
Qismlar soni 279 (Qismlar roʻyxati)
Ishlab chiqarish
Ijrochi prodyuser(lar) Chuck Lorre
Bill Prady
Lee Aronsohn
Prodyuser(lar) Steve Molaro
Mike Collier
Faye Oshima Belyeu
Muharrir(lar) Peter Chakos
Qism davomiyligi 21 daqiqa
Efirga uzatilishi
Telekanal CBS
Tasvir formati 480i (SDTV),
1080i (HDTV)
Translyatsiya davri 24-sentabr, 2007-yil 16-may, 2019-yil
Tashqi havolalar
Rasmiy sayti

The Big Bang Theory — amerikancha televizion sitkom boʻlib, Chuck Lorre va Bill Prady tomonidan CBS telekanali uchun yaratilgan. U 2007-yil 24-sentabrdan 2019-yil 16-maygacha efirga uzatilgan boʻlib, 12 fasl va 279 qismdan iborat[1].

Dastlab, serial Kaliforniyaning Pasadena shahrida yashovchi besh nafar qahramon atrofida qurilgan. Bular bir xonadonda yashovchi, Kaliforniya texnologiya institutida ishlovchi ikkita fizik — Leonard Hofstadter (Johnny Galecki) va Sheldon Cooper (James Parsons); yoʻlak qarshisidagi xonadonda yashaydigan, ofitsiant va aktrisa boʻlishni orzu qiluvchi Penny (Kaley Cuoco); hamda Leonard va Sheldonga oʻxshash darajada geek (texnika, kompyuter, fan, oʻyinlar yoki maʼlum bir sohaga juda qiziqib ketgan odam) va ijtimoiy jihatdan noqulay doʻstlari va hamkasblari — aerokosmik muhandis Howard Wolowitz (Simon Helberg) va astrofizik Raj Koothrappali (Kunal Nayyar)[2][3]. Vaqt oʻtishi bilan ikkinchi darajali qahramonlar ham bosh rollarga koʻtarilgan, jumladan neyrobiolog Amy Farrah Fowler (Mayim Bialik), mikrobiolog Bernadette Rostenkowski (Melissa Rauch) va komiks doʻkoni egasi Stuart Bloom (Kevin Sussman).

Serial jonli tomoshabinlar ishtirokida suratga olingan va ishlab chiqarilishi Chuck Lorre Productions kompaniyasi tomonidan amalga oshirilgan, tarqatilishi esa Warner Bros. Television zimmasida boʻlgan. Birinchi fasl aralash sharhlar olgan boʻlsa-da, keyingi fasllarda tanqidiy baholar yaxshilangan. Yettita fasl yakuniy fasllar reytingida ilk oʻntalikka kirgan va serial oʻn birinchi faslida 1-oʻringa chiqqan. U 2011–2014-yillarda "Mukammal komediya seriali uchun „Emmy“ mukofoti"ga nomzod boʻlgan va Parsons ijrosi uchun toʻrt marta „Komediya serialida eng yaxshi bosh rol ijrochisi“ uchun „Emmy“ mukofotini qoʻlga kiritgan. Sitkom jami 46 ta nominatsiyadan yettitasida gʻolib boʻlib „Emmy“ mukofoti bilan taqdirlangan. Parsons, shuningdek, 2011-yilda "Oltin globus"ning „Televizion komediya serialida eng yaxshi erkak roli“ nominatsiyasida ham gʻolib boʻlgan.

The Big Bang Theory serialining muvaffaqiyati keng qamrovli media-franshizani yuzaga keltirdi. Parsons ijro etgan Sheldon Cooper qahramoniga bagʻishlangan Young Sheldon nomli prikvel seriali 2017–2024-yillarda efirga uzatildi. Unda Parsons voyaga yetgan Sheldon rolida voqealarni hikoya qilib boruvchi ovoz sifatida ishtirok etgan. Franshizaning uchinchi seriali, Young Sheldonning davomi boʻlgan Georgie & Mandy's First Marriage deb nomlangan serial 2024-yil oktabrida premyera qilingan boʻlib, u Sheldonning akasi Georgie va uning rafiqasi Mandy hayotiga asoslanadi. Toʻrtinchi serial — SStuart Bloom, uning sevgilisi Denise, geolog Bert Kibbler va fizik Barry Kripke haqida hikoya qiluvchi Stuart Fails to Save the Universe nomli loyiha 2026-yil iyulida HBO Max platformasida namoyish etila boshlandi.

  1. „The Big Bang Theory: Cast & Details“. TVGuide.com. 2020-yil 8-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 28-yanvar.
  2. Strauss, Gary. „There's a science to CBS' Big Bang Theory“. USA Today (2007-yil 11-aprel). 2009-yil 22-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 7-noyabr.
  3. Pierce, Scott D. „He's a genius“. Deseret News (2007-yil 8-oktyabr). 2010-yil 23-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 11-dekabr.