Domulla Sher madrasasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Madrasa
Domulla Sher madrasasi
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Buxoro viloyati
Shahar Buxoro
Maktab yoʻnalishi sunniy
Mulkdor Domulla Shermuhammad
Meʼmoriy uslub Markaziy Osiyo meʼmorchiligi
Binokorlik tashabbuschisi Domulla Shermuhammad
Asosiy sana:
XIX asr
Holati Saqlanib qolmagan
Hujralar soni 19 ta
Qurilish materiali Pishiq gʻisht


Domulla Sher madrasasiBuxoro madrasasi. Hozirgi kunda madrasa saqlanib qolmagan. Domulla Sher madrasasi XIX asr Xoʻja Zomuchi guzarida[1], Buxoro amirligida hukmronlik qilgan Amir Haydar davrida Domulla Shermuhammad tomonidan bunyod etilgan. Tadqiqotchi olim Abdusattor Jumanazarov ushbu madrasaga oid bir qator vaqf hujjatlarini oʻrgangan boʻlib, madrasa bilan bogʻliq maʼlumotlar keltirgan. Vaqf hujjatlariga koʻra madrasa 15 ta yuqori va pastki hujra, darsxona, masjid, hojatxona va mustahabxonadan iborat boʻlgan. Madrasa gʻarbida Koʻkaldosh madrasasi va koʻcha, shimol va sharqida koʻcha va hovli, janubida Muhammad Salim hovlisi va Koʻkaldosh madrasasiga eltuvchi yoʻl mavjud boʻlgan. Ushbu madrasaga voqifning oʻzi mutavvali boʻlgan. XIX asr oxirida madrasada mulla Nabiraxoja ismli banoras toʻnli mudarris taʼlim bergan. Sovet davrida 1922-yil Domulla Sher madrasasi qamoqxonaga aylantirilgan. Domulla Shermuhammad oʻz davrining koʻzga koʻringan allomalaridan biri edi. U oxunlik darajasiga yetishib, Koʻkaldosh madrasasida ham mudarrislik qilgan. U asli qoʻqonlik boʻlib, koʻp yillar Buxoroda istiqomat qilgan. U oʻz ilmini shayxulislom Atoullaxoja ibn Hodixojadan olgan. Domulla Shermuhammad umrining oxirida koʻr boʻlib qoladi. U 1824-yilda 86 yoshida vafot etadi[2]. Sadri Ziyo ushbu madrasada 49 ta hujralar boʻlganligini yozib qoldirgan[3]. Tadqiqotchi olim Abdusattor Jumanazarov vaqf hujjatlariga tayanib, madrasa 19 ta hujradan iborat deb koʻrsatgan. Domulla Sher madrasasi 19 ta hujradan iborat boʻlgan. Ushbu madrasa Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi uslubida bunyod etilgan. Madrasa pishiq gʻisht, yogʻoch, tosh va ganchdan qurilgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Rahmatova S, Qurbonov H. Buxoro guzarlari tarixidan lavhalar. Buxoro: Buxoro nashriyoti, 1995 — 144 bet. 
  2. Abdusattor Jumanazar. Buxoro taʼlim tizimi tarixi. Toshkent: Akademnashr, 2017 — 592 bet. 
  3. Muhammad Ali Baljuvoniy. Tarixi Nofeyi (Foydali tarix). Toshkent: Akademiya nashriyoti, 2001 — 122 bet.