Dmitriy Xolendro

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Dmitriy Xolendro
Tavalludi
Xolendro Dmitriy Mixaylovich

2-dekabr 1921-yil
Vafoti 1998-yil
Ijod qilgan tillari Rus tili
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR Rossiya bayrogʻi Rossiya
Janr qissa, hikoya, pyesa, ssenariy

Dmitriy Mixaylovich Xolendro (1921–1998) – Sovet rus yozuvchisi, ssenariynavis, Ulugʻ Vatan urushi qatnashchisi. SSSR Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi (1950).

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xolendro 1921-yil 2-dekabrda (boshqa maʼlumotlarga koʻra 2-noyabr) Toshkent shahrida (hozirgi Oʻzbekiston) xizmatchi oilasida tavallud topgan.

Asarlar yozishni 1938-yilda boshlagan. 1939-yilda MIFLIga oʻqishga kirgan. Shu bilan birga Qizil armiya safiga chaqirilgan. Ulugʻ Vatan urushi yillarida „Vperyod za Rodinu!“ gazetasida katta adabiy rahbar boʻlib faoliyat olib borgan. Kerchensko-Eltigenskaya qoʻnish operatsiyasi ishtirokchisi va 1944-yildan KPSS(b) aʼzosi boʻlgan.

Yozuvchi Dmitriy Mixaylovich 1950-yilda SSSR Yozuvchilar uyushmasi aʼzo boʻldi. 1951-yilda Konstantin Paustovskiyning Rostov-Donda adabiy seminarida qatnashdi[1].

1956-yilda A. M. Gorkiy nomidagi Adabiyot instituti qoshidagi oliy kursni tamomlagan. Dmitriy „Oʻzbekfilm“ kinostudiyasi va Yalta kinostudiyasi bilan hamkorlik qilgan. Yozuvchining koʻpgina asarlari Qoradengiz mavzulariga bagʻishlangan.

Xolendro 1998-yilda vafot etgan. U Moskvadagi Donskoye qabristoniga ota-onasi va ukasining yoniga dafn etilgan[2].

Ijodi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1949–1950-yillar oraligʻida „Gori v svetu“ romanini yozgan.

Xolendro 1959-yilda „Opasniy mis“, 1960-yilda „Klarens va Juletta“, „Poyezdka v Sayat“ (1966-yilda suratga olingan „Sayyod qoʻngʻirogʻi“ filmi ssenariysi asosida, 1972-yilda hikoyaga aylantirilgan), 1967-yilda „Svadba“ va 1967-yilda „Stariy Chudak“ nomli qissalar yozgan.

Dmitriy Mixaylovich 1951-yilda „More shumit“, 1954-yilda „Doroga v step“, 1960-yilda „Ranneye utro“, 1980-yilda „Sloboda“ va 1983-yilda „Plavni“ nomli hikoyalar toplamini yozadi.

Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dmitriy Mixaylovich 1-darajali Vatan urushi ordeni va ikkita Qizil Yulduz ordeni bilan taqdirlangan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Устименко Алексей. Дмитрий Холендро: Делайте себе жизнь, жизнь сделает вам литературный почерк // Иные берега Журнал о русской культуре за рубежом. — 2015. — Andoza:Бсокр.
  2. „ХОЛЕНДРО Дмитрий Михайлович (1921 – 1998) — Moscow-Tombs“ (ru). Qaraldi: 2023-yil 7-noyabr.