Dmitriy Petrov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Dmitriy Yuryevich Petrov

tarjimon, poliglot, teleboshlovchi
Asl ismi Дмитрий Юрьевич Петров
Tugʻilishi 16.07.1958
Dmitriy Petrov SSSR, Novomoskovsk
Fuqaroligi Dmitriy Petrov Rossiya
Turmush oʻrtogʻi Anamika Saksena
Bilimi Moskva davlat lingvistik universiteti
Bolalari Demyan, Ilyan, Arina

Dmitriy Yuryevich Petrov (rus. Дми́трий Ю́рьевич Петро́в; 16-iyul, 1958-yil; Novomoskovsk, Tula viloyati, RSFSR, SSSR) — Rossiyalik muallim, tarjimon, poliglot va teleboshlovchi. Rossiyaning «Kultura» telekanalidagi «Poliglot» koʻrsatuvida oʻqituvchi-teleboshlovchi hisoblanadi[1].

Biografiyasi[tahrir]

Dmitriy Yuryevich Petrov 1958-yilning 16-iyul kuni SSSRdagi RSFSRning Tula viloyatidagi Novomoskovsk shahrida tugʻilgan. 1975-yilda oʻsha paytda "Moris Torez nomidagi Moskva davlat chet tillari instituti"ga oʻqishga kiradi (hozirda ushbu oʻquv yurti "Moskva davlat lingvistik universiteti" deb ataladi). Oʻzi taʼlim olgan ushbu bilim yurtida talabalarga tahsil beradi[2].

Matbuotda chop etilgan intervyularidan birida, Dmitriy Petrov oʻttizdan ortiq tillarda soʻzlasha olishi aytilgan[3][4]. Oʻz soʻzlariga koʻra, u qariyb 50 ta tilda oʻqiy yoki gapira oladi. Asosan 8 ta tilda ish olib boradi. Bular: inglizcha, fransuzcha, italyancha, ispancha, olmoncha, chexcha, yunoncha va hindi tillaridir[5]. Ivrit, venger tili, moldav tillari bilan ishlagan.

2011-yilning dekabr oyida, Qozogʻiston Respublikasi madaniyat vazirligining tillar boʻyicha komiteti buyurtmasiga binoan «Тiлашар ENTER» televizion proektida qozoq tilini oʻrganish motivatsion kursini oʻtkazdi[6][7].

2012-yilning yanvar oyidan buyon Dmitriy Petrov Rossiyaning «Kultura» telekanalida efirga uzatiladigan «Poliglot» koʻrsatuvi boshlovchisi va oʻqituvchisi hisoblanadi. 2015-yilning fevral oyiga koʻra, ushbu koʻrsatuvning yettita mavsumi efirga chiqgan. Bular: inglizcha[8], italyancha[9], fransuzcha[10], ispancha[11], olmoncha[12], hindi/urdu[13] va portugalcha[14] mavsumlardir. Koʻrsatuvning barcha mavsumlari va qismlari «Kultura» telekanalining rasmiy saytida hammaga ochiq holda aks ettiriladi.

Dmitriy Petrov shuningdek rus chastushkalarini boshqa tillarga tarjima qilgan[15]. Matbuot va oʻz soʻzlariga koʻra, u Mixail Gorbachyov, Boris Yeltsin va Vladimir Putinning tarjimoni boʻlib ishlagan[16].

Xotini Hindistonlik Anamika Saksena[3][17], tarjimon. Farzandlari, ikkita oʻgʻli Demyan va Ilyan, bitta qizi Arina.

Manbalar[tahrir]

  1. Новости культуры. (2013-02-11). Все выпуски программы «Полиглот опубликованы на официальном сайте телеканала «Россия К». Телеканал «Культура». 2014-03-23.
  2. Ю. Фуколова. (2014-03-03). Синьор полиглот. Коммерсант.ru. 2014-03-23.
  3. 3,0 3,1 Ларина Ю. Многоязычник. Уникальный полиглот Дмитрий Петров начал телепроект и рассказал Юлии Лариной, как учить языки // Огонёк. — № 3 (5212). — 23.01.2012.
  4. Открытая лекция «Проблемы изучения языка и переводческая деятельность в контексте межкультурной коммуникации». Институт УНИК. 2014-03-12.
  5. Гарматина Ю. Педагог и полиглот Дмитрий Петров: Иностранный язык можно выучить в любом возрасте! // АиФ. — 31.10.2012.
  6. Казахский язык можно выучить за 2 недели с «Тiлашар ENTER». Новости Казахстана. Tengrinews.kz
  7. З. Давлетъярова. (2011-11-29). Глаголом по незнанию. Dialog. 2014-03-23.
  8. «Культура»: Полиглот. Английский язык.
  9. «Культура»: Полиглот. Итальянский язык.
  10. «Культура»: Полиглот. Французский язык.. Asl nusxadan arxivlandi (2013-01-12).
  11. «Культура»: Полиглот. Испанский язык.
  12. «Культура»: Полиглот. Немецкий язык.
  13. Полиглот. Хинди с нуля.
  14. «Культура»: Полиглот. Португальский язык.
  15. Киеня Н. Полиглот Дмитрий Петров: Килька плавает в томате, ей в томате хорошо // Известия. — 27.06.2007.
  16. Виктория Юхова (27 января 2014). "Языковой запас". Журнал «Итоги». http://www.itogi.ru/arts-exclus/2014/4/197552.html. Qaraldi: 2014-03-12. 
  17. Свинаренко И. Анамика Саксена: хождение за три моря // Медведь. Первый Мужской журнал. — 24.02.2012.. Asl nusxadan arxivlandi (2013-02-05). 2013-01-28.

Havolalar[tahrir]