Dmitriy Burlak

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Dmitriy Burlak
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Dmitriy Borisovich Burlak
Tavallud joyi Rossiya
Boʻyi 1.71 m
Ampluasi yarim himoyachi
Vazni 65 kg

Dmitriy Borisovich Burlak (1983-yil 8-mart, Rossiya) — rossiyalik futbolchi, oʻyindagi vazifasi — yarim himoyachi, tahlilchi murabbiy.

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dmitriy Borisovich Burlak 1983-yilning 8-mart sanasida Rossiyada tavallud topgan.

Futbolchilik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dmitriy Burlak sport faoliyatini 2002-yilda Sankt-Peterburgning „Lokomotiv“ havaskorlar klubi safida boshlagan boʻlib, 2005-yilga qadar ushbu jamoa tarkibida oʻynaydi. Klub safida jami 62 ta oʻyin olib borgan va 18 marotaba raqib darvozasini ishgʻol qilgan. Keyinchalik „Arkada“ klubi safida (2004) — 13 ta oʻyinda 7 ta gol, „Kolpino-INKON“ da (2005—2007) — 24 ta oʻyinda 7 ta gol urishga muvaffaq boʻlgan.

2006-yilda Burlak „Petrotrest“ klubi uchun ikkinchi ligasida beshta oʻyin oʻtkazadi.

2007-yilda Murmanskning „Sever“ jamoasi tarkibida havaskorlar futbol ligasida jami 12 ta oʻyinda ishtirok etib, jamoa safida ikkinchi liga oʻyinlariga chiqadi va keyingi ikki mavsumning 53 ta oʻyinida 1 marotaba raqib darvozasini ishgʻol qilishga erishadi.

2010-yili O‘zbekiston chempionatida „Andijon“ klubi safida bitta, ikkinchi ligada Kostromaning „Dinamo“ klubi tarkibida esa 13 ta o‘yin o‘tkazadi.

2011—2014-yillarda va 2017—2019-yillarda Sankt-Peterburgning „Zvezda“ havaskorlar klubi bilan oʻyinlarda ishtirok etadi[1]. 2019-yilda futbolchi shu jamoada ikkinchi liganing 2 ta uchrashuvida maydonga tushadi.

2020-yilda Burlak „Mashtex“ havaskor futbol klubi bilan Sankt-Peterburg chempionatida qatnashadi.

Murabbiylik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2018-yilning mart oyidan boshlab Sankt-Peterburgning „Zenit“ klubi murabbiylar shtabining video tahlil boʻyicha mutaxassisi sifatida[2][3], 2019-yil may oyidan esa „Gazprom“ akademiyasining video tahlil boʻlimi boshligʻi sifatida faoliyat olib boradi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]