Dizartriya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Dizartriya (diz... va yun. arthroo — burro-burro gapiraman) — tovush chiqarishda ishtirok etadigan muskullar faoliyatining buzilishi natijasida noaniq, gʻuldirab gapirish. D. uzunchoq miyadagi IX, X va XII juft nervlar yadrosining zararlanganligidan dalolat beradi. Miya qon tomiri kasalliklari, ensefalitning baʼzi xili, miya poyasi, koʻpincha uzunchoq miya, miya poʻstlogʻi osti tugunlari va miyachaning zararlanishi sabab boʻladi. Davosi: D.ni keltirib chiqargan asosiy kasallik bartaraf qilinadi.

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil