Kontent qismiga oʻtish

Disperslash

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Disperslash (lotincha: „dispergo“ — sochaman, yoyaman) — qattiq jismlar va suyuqliklarni tevarak-atrofdagi muhitda oʻta maydalab, dispers tizimlar (kukun, suspenziya, emulsiya) hosil qilish. Suyukdiklarni gazlarda (havoda) disperslash toʻzitish deb, suyuqliklarda disperslash esa emulsiyalash deb ataladi. Sanoatda qattiq jismlar har xil konstruksiyali tegirmonlarda, tovush va ultratovush vibratorlarida disperslanadi. Suyukliklarni disperslash uchun har xil gomogenizatorlar (bir jinsli emulsiya hosil qiluvchi apparatlar) qoʻllanadi. Laboratoriyalar va dorixonalarda hovonchalar koʻp ishlatiladi. Disperslash sement, pigment, toʻldirgich, un, oziq-ovqat va yem-xashak konsentratlari olishda, zaharli kimyoviy moddalardan foydalanishda, suyuq va qattiq yoqilgʻilarni yoqishda va boshqa koʻpgina texnologiya jarayonlarida qoʻllanadi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil