Kontent qismiga oʻtish

Dilshod Choriyev

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Vikipediyada ismi Dilshod va familiyasi Choriyev boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
Dilshod Choriyev
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi Erkak
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Tavallud sanasi 1985-yil 3-iyul (1985-07-03) (41 yosh)
Qashqadaryo viloyati, OʻSSR
Sport
Qaysi sport Dzyodo
Sport mukofotlari
Jahon chempionati
BronzaRotterdam 200990kg gacha
Osiyo oʻyinlari
KumushGuanchjou 201090kg gacha
KumushInchxon 201790kg gacha
Osiyo chempionati
KumushTaypey 200990kg gacha
BronzaAbu-Dabi Min 201190kg gacha
OltinToshkent 201290kg gacha

Dilshod Qobilmuhamadovich Choriyev (1985-yil 3-iyul Qashqadaryo viloyatida tugʻilgan) — oʻzbek dzyudochisi, Oʻzbekiston chempionatlari sovrindori, Osiyo chempionatlari chempioni va sovrindori, Osiyo oʻyinlari va jahon chempionati sovrindori. 2012-yil Londonda boʻlib oʻtgan [[yozgi Olimpiada oʻyinlari ishtirokchisi.

Sport faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻrta vazn toifasida (90 kg gacha) ishtirok etadi. Oʻzbekiston chempionatlarining bronza (2004-yilda) va kumush (2014-yilda) medallari  sovrindori sanaladi. 2009-yilda Choriyev Taypeydagi Osiyo chempionati kumush, Rotterdamdagi jahon chempionati bronza medalini qoʻlga kiritadi. Keyingi yili Guanchjoudagi Osiyo oʻyinlarida ikkinchi oʻrin tutib, 2011-yilda Abu-Dabidagi Osiyo chempionatining bronza medali sovrindori boʻladi. 2012-yili Toshkentda oʻtkazilgan uy chempionatida Choriyev qitʼa chempioni boʻladi. 2014-yilda Incheonda yana Osiyo oʻyinlari kumush medalini qoʻlga kiritadi.

2012-yilda Londondagi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida Choriyev ilk jangida yaponiyalik Masashi Nishiyamaga yutqazib qoʻyadi. Tasalli seriyasida u shved Markus Nayman va vengriyalik Tamas Madaras ustidan gʻalaba qozonadi, ammo braziliyalik Tiago Kamilga imkoniyatni boy berib, hisob natijasida yettinchi oʻrinni egalladi.