Dilnura Qodirjonova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Dilnura Qodirjonova
Umumiy maʼlumot
Tavalludi 6-yanvar 1976-yil
Vafoti 13-sentyabr 2007-yil(2007-09-13)
(31 yoshda)
Toshkent, Oʻzbekiston
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Mukofotlari

Dilnura Qodirjonova (1976-yil2007-yil 13-sentyabr) — O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist va maqom ijrochisi[1][2].„Fidokorona xizmatlari“ uchun orden sohibi[3].

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dilnura Qodirjonova 1976-yil 6-yanvarda Andijon viloyati Izboskan tumani Chuvoma qishlogʻida tavallud topgan. Dilnura Qodirjonova Izboskan tumani 26-maktabda tahsil olgan. Maktab davrida konsert dasturlarda qatnashadi. Rahbari Mahfuzaxon Boymirzayeva tomonidan tashkil etilgan Dutorchi qizlar toʻgaragiga qatnashadi. 1995-yilda Toshkentga koʻchib oʻtadi va Dutorchi qizlar ansamblida ishlay boshlaydi. Oʻzbekiston xalq artistlari Abduhoshim Ismoilov va Zamira Suyunova tomonidan tuzilgan ansamblda qoʻshiqchilik faoliyatini davom ettirdi. Dilnura Qodirjonova Toʻxtasin Jalilov nomidagi bilim yurtida musiqa va ijro sirlarini oʻrganadi. Andijon viloyati Paxtaobod tumanida Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi Yunus qori Yusupovdan maqomchilik boʻyicha tahsil oladi[1]. 1993-yil 17 yoshida ham qishlogʻiga turmushga chiqadi. 19951998-yilda ikki qiz farzandli boʻlgan. 2007-yilda Toshkent davlat konservatoriyasiga magistiraturaga oʻqishga kiradi.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

1991-yil Tavakkal Qodirov xotirasiga bagʻishlab oʻtkazilgan tanlovda „Firuz 1“ ashulasini ijro etib mukofotga sazovor boʻldi. 1993-yil Yoshlar tashkiloti tanlovida 1997-yil Xoji Abdurasulov Abdulaziz xotirasiga bagʻishlangan tanlovda 1-oʻrinni qoʻlga kiritadi [4]. 2003-yilda Samarqandda «Sharq taronalari» xalqaro tanlovida ishtirok etib, xalqaro davlatlardan kelgan sanʼatkorlar bilan bellashadi. Dilnura Qodirjonova „Yor istab“ va „Mustahzod“ ashulasini ijro etib oliy mukofotni qoʻlga kiritadi. Dilnura Qodirjonova „Qurbon oʻlam“ ashulasiga eʼtibor qozongan. 2003-yilda „Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist“ unvoniga sazovor boʻlgan[1].

Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Repertuaridagi Oʻzbek qoʻshiqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Oshiqlarga oʻlim yoʻq“ (2021) [5].
  2. „Oʻrgilay“ (2021) [6].

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]