Diapirizm

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Diapirizm (yun. diapeiro — sanchib teshayapman) — plastik choʻkindi togʻ jinslari (tuzlar, gips, gil va sh. k.)ning ular ustida yotgan qattiqroq togʻ jinslariga botib kirish jarayoni. D. Yer poʻstida sodir boʻladigan kuchlanish taʼsiridan paydo boʻladi. D. natijasida diapir struktura (diapir burma)lar tarkib topadi. Ular bor joylarda neft va gaz konlari mavjud. Oʻzbekistonda diapir strukturalar Hisor togʻida koʻp. D.ni oʻrganish neft va gaz konlarini izlashda ahamiyatli.

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil