Plastiklik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Plastiklik (yun. plastikos — ishlovga moyillik) — tashqi kuch yoki zoʻrikish (kuchlanish) taʼsirida qattiq jismlarning oʻlchamlari va shakli dastlabki holiga qaytmaydigan boʻlib oʻzgarish (plastik deformatsiyalanish) xossasi. Materiallarga bosim bilan ishlov berish (bolgʻalash, presslash va boshqalar) imkonini belgilaydi. Tashqi kuch taʼsirida kristall panjara atomlari orasidagi oʻzaro taʼsir kuchlari oʻzgaradi (deformatsiyalanadi). Plastik deformatsiyalanishda panjara atomlari bir-biriga nisbatan koʻchadi, oqibatda kristall qatlamlarning bir-biriga nisbatan siljishi, kristall panjara buzilishi, issiqiik harakati tufayli jism atom tuzilishining oʻzgarishi kuzatiladi. Jismning moʻrtligi, plastikligi sharoitga bogʻliq. Maʼlum bir sharoitda (mas, yuqori temperaturada) uning bunday xossalari butunlay yoʻqoladi. Metallarning P. holatiga oʻtishi maʼlum sharoitda roʻy beradi, bu holat chegara-viy holat deb yuritiladi. Jismlarning P.gi deformatsiyalanish tezligi, temperatura va jismning tuzilishiga bogʻliq.

P.ning turli xillari mavjud. Oʻzdiffuzion va diffuzion P.da tashqi siquvchi kuch taʼsirida kri-stallarning atom qatlamlari shu kuch taʼsir etayotgan sirtdan boshqa joyga siljiydi. Bunda massa koʻchishi sirt boʻyicha yoki kristall hajmi boʻyicha oʻzdiffuziya tufayli amalga oshadi. Dislokatsion P.da kristallogra-fik tekislikdagi sirpanish kristallning plastik deformatsiyalanishiga sabab boʻladi. Sirpanish har xil sodir boʻladi: dastlab, u tekislikning bir zonasida yuz berayotgan boʻlsa, bu zonaning chegarasi butun tekislikka yoyiladi. Sirpanishning yoyish chegarasi dislokatsiya chizigʻi yokidislo-katsiya deyiladi. Kraudion P. kri-stalddagi zich joylashgan atom katorlari boʻylab atomlar quyuqlanmasi (kraudinlar) hosil boʻlishiga asoslangan. Kristall sirtiga tig botirilsa, atomlar shu sohadan uzoqlashadi, na-tijada tigʻ botirilayotgan sirtdan maʼlum masofada atom konsentratsiyasi oshadi (rasmga q.)- Kristallda tugunlararo atomlar hosil boʻladi.

Kraudion plastiklik: I — tigʻ botirilguncha; II — tigʻ botirilganda atomlar kuyuklanmasi hosil boʻladi; III — shaklning uzil-ke-sil oʻzgarishi. Kristallda tugunlararo atomlar hosil boʻladi.

P.ni baʼzi jismlarda eʼtiborga olmaslik mumkin, bunday jismlar mutlaq elastik (qayishqoq) jismlar hisoblanadi. Har bir jismning xossalari P. boʻyicha guruhlarga ajratib oʻrganiladi. Mac, kristallar, polikristallar, monokristallar, amorf jismlar plastikligi va boshqa Jismlarning qovushqokdigi ham ularning plastikligini belgilaydi. Tutash muhitlar mexanikasida jismlar bir jinsli, uzluksiz deb faraz qilinadi, mas, kristall panjara atomlari orasidagi masofa hisobga olinmaydi. P. materiallarning buzilmasdan katta qoldiq deformatsiya (plastik deformatsiya) hrsil qilishidir. Materiallarning P.ligi ularning choʻzilgandagi uzayishiga qarab baholanadi. Qattiq jismlar plastikligini oʻrganish amaliy ahamiyatga ega. Detallarni tayyorlash texnologiyasida, inshootlar qurishda, metallarni bosim bilan qayta ishlash va kesishda P.ning asosiy qonun-qoidalariga rioya qilinadi.

Gʻoibnazar Xojimetov.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil