Kontent qismiga oʻtish

Diabetik ketoatsidoz

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Diabetik ketoatsidoz

Diabetik ketoatsidozdagi suvsizlanishda ishlatiladigan ineksiya eritmasi
Endokrinologik kasallik

Diabetik ketoatsidoz – diabet kasalligining havfli asoratlaridan biri. Belgilari qusish, qorinda ogʻriqlar, chuqur nafas, diurezning kuchayishi, umumiy holsizlik, baʼzan xotira yoqolishi kuzatiladi. Nafasdan oʻziga hos meva hidi kelib turadi. Qandli diabetga tashxis qoʻyishda diabetik ketoatsidoz holati birinchi alomatlar sifatida koʻzga tashlanadi[1].

Qandli diabetning birinchi turida ketoatsidoz koʻp uchraydi. Bu asosan insulin yetishmaslikdan kelib chiqadi. Natijada yogʻ kislotalarining yogʻ toʻqimasidan ishlab chiqarilishi buziladi va keton tanachalari hosil boʻlishi ortadi. Natijada, qonda va siydik tarkibida shakar, Ph miqdori, keton tanachalar koʻpligi aniqlanadi[2].

Diabetik ketoatsidozni davolashda vena orqali koʻproq suyuqlik va insulin buyuriladi. Insulin tomir ichiga vena orqali yoki teri ostiga yuboriladi. Qonda kaliy, shakar, Ph darajasi tekshirib turiladi[3]. Diabetik ketoatsidozga chalingan bemorlar koʻrsatkichi dunyo boʻyicha farq qiladi. Buyuk Britaniyada diabetga chalingan bemorlarda ketoatsidoz holati uchrashi 4%, Malayziyada esa bu koʻrsatkich 25% ga teng[4].

Belgilari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Diabetga uchragan bemorlarda dastlabki belgilar ilk 24 soat ichida rivojlana boshlaydi. Asosiy simptomlar koʻngil aynishi, qayd qilish, chanqash, koʻp siydik ajralishi, qorinda kuchli ogʻriq[5][6]. Ikkilamchi kasalliklar sifatida oʻtkir pankreatit, appenditsit, oshqozon yaralari, qiziloʻngach erroziyasi holatlariga olib keladi. Bunda kofe rangida qon qusish, ogʻir holatlarda sezgirlikning pasayishi va koma kelib chiqishi mumkin[7]. Bemorni obektiv tekshirganda ogʻiz qurishi, teri turgorligining pasayishi, suvsizlanish kabi klinik belgilar naʼmoyon boʻlganligini koʻrish mumkin[8]. Suvsizlanish oqibatida qon umumiy hajmi kamayishi va yurak tez urushi, qon bosimi pasayishi sodir boʻladi. Nafas olish Kussmaul turda boʻlib, atseton koʻp ajralishi hisobiga meva hidi kelib turadi[9]. Bolalarda diabetik ketoatsidoz oqibatida kelib chiqadigan asosiy kasallik miya shishi boʻlib, bu bosh ogʻrigʻi, koma, koʻz reflekslarining yoqolishi va oʻlimgacha olib keladi[10]. Bu holat diabetik ketoatsidoz bilan kasallangan har 100 ta boladan bittasida uchrab, kattalarda koʻp kuzatilmaydi[11].

Diagnostikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tekshiruvlar

Diabetik ketoatsidozga giperglikemiya, qonda ketonlar miqdori ortishi, siydikda atsidoz aniqlanganda tashhis qoʻyiladi[12]. Qonda Ph miqdori, siydikda atsetoatsetat testi, kapillyar qonda b-gidroksibutirat darajasi aniqlanadi[13]. Qoʻshimcha tekshirish usullaridan qonda karbamid, kreatinlar, oʻtkir pankreatitni aniqlash uchun amilaza, lipazalar, buyraklar faoliyati, koʻkrak qafasi rentgenologiyasi, siydik tahliliga tashxis qoʻyilib, aniq xulosa chiqariladi. Miya shishi belgilari kuzaytilayotgan boʻlsa kompyuter tomografiyasi oʻtkaziladi[14].

Oldini olish[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qandli diabetga uchragan bemorlarda diabetik ketoatsidozning oldini olishda ularga ovqatlanish qoidalariga amal qilish, kun tartibini toʻgʻri tashkillashtirish uqtiriladi[15]. Bemorlarga nohush holatlarni oldini olishga qaratilgan koʻrsatmalar beriladi. Ushbu koʻrsatmalarga meyoriy dozada insulin olish, tuzli, uglevodli taomlar isteʼmolini cheklash, oson hazm boʻladigan parhez taomlar isteʼmol qilish, infeksiyalardan saqlanish, isitmani oldini olish kabilar kiradi. Qandli diabet bilan ogʻrigan odamlar oʻzlaridagi insulin, ketonlar miqdorini doimiy tekshirtirib turishlari tavsiya etiladi[16].

Epidemiologiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Har yil davomida diabetga chalinganlar orasida diabetik ketoatsidoz holati har 1000 tadan 4,6-8,0 kishida uchraydi[17]. Birlashgan Qirollikda 4%, Malayziyada 25% aholida diabetik ketoatsidoz belgilari kuzatiladi[18]. AQShda bu holat bilan har yili 135 000 bemor davolanadi[19]. Bolalar orasida 1-toifa diabetga chalinganlardan 30%ida diabetik ketoatsidoz tashhisi qoʻyiladi[20]. Bolalarning 1% ida ushbu kasallik bilan birga miya shishi kuzatiladi. Bunday bolalardan har 10 tadan 2-5 nafari vafot etadi[21].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Misra S, Oliver NS (October 2015). "Diabetic ketoacidosis in adults". BMJ „doi:10.1136/bmj.h5660. hdl:10044/1/41091. PMID 26510442. S2CID 38872958.“. https://pubmed.ncbi.nlm.nih.gov/26510442.
  2. Misra S, Oliver NS (October 2015). "Diabetic ketoacidosis in adults". BMJ „doi:10.1136/bmj.h5660. hdl:10044/1/41091. PMID 26510442. S2CID 38872958.“. https://pubmed.ncbi.nlm.nih.gov/26510442.
  3. Joint British Diabetes Societies Inpatient Care Group (June 2021) „. "The Management of Diabetic Ketoacidosis in Adults"“. https://abcd.care/resource/management-diabetic-ketoacidosis-dka-adults.
  4. Maletkovic J, Drexler A (December 2013). "Diabetic ketoacidosis and hyperglycemic hyperosmolar state". Endocrinology and Metabolism Clinics of North America. 4 „doi:10.1016/j.ecl.2013.07.001. PMID 24286946.“.
  5. Mayo Clinic. Retrieved 2024-04-27. „"Diabetic ketoacidosis: Know the warning signs-Diabetic ketoacidosis - Symptoms & causes"“.
  6. diabetesdaily.com. August 9, 2023. „"Diabetic Ketoacidosis (DKA)".“.
  7. Powers AC (2005). Kasper DL, Braunwald E, Fauci AS, Hauser SL, Longo DL, Jameson JL (eds.). Harrison's Principles of Internal Medicine (16th ed.). New York, NY: McGraw-Hill. „ISBN 978-0-07-139140-5.“.
  8. medlineplus.gov. Retrieved 2024-04-27. „"Skin turgor: MedlinePlus Medical Encyclopedia".“.
  9. Elzouki AY, Harfi HA, Nazer H, Oh W, Stapleton FB, Whitley RJ (2011). „Textbook of Clinical Pediatrics.“. https://en.wikipedia.org/wiki/Special:BookSources/9783642022012.
  10. ncbi.nlm.nih.gov. April 25, 2023. „"Brain injury in children with diabetic ketoacidosis: Review of the literature and a proposed pathophysiologic pathway for the development of cerebral edema".“.
  11. Glaser N (June 2006). "New perspectives on the pathogenesis of cerebral edema complicating diabetic ketoacidosis in children". Pediatric Endocrinology Reviews. 3 (4): 379–386. „16816806.“.
  12. Joint British Diabetes Societies Inpatient Care Group (June 2021 „"The Management of Diabetic Ketoacidosis in Adults".“.
  13. Misra S, Oliver NS (January 2015). "Utility of ketone measurement in the prevention, diagnosis and management of diabetic ketoacidosis". Diabetic Medicine. 32 (1): 14–23. „doi:10.1111/dme.12604. PMID 25307274. S2CID 11923923.“. https://pubmed.ncbi.nlm.nih.gov/25307274.
  14. Brown TB (March 2004). „"Cerebral oedema in childhood diabetic ketoacidosis: is treatment a factor?".“.
  15. Joint British Diabetes Societies Inpatient Care Group (June 2021). „. "The Management of Diabetic Ketoacidosis in Adults".“.
  16. National Institute for Health and Care Excellence. August 2015. Archived from the original on 9 August 2016. Retrieved 10 February 2016. „"Type 1 diabetes in adults: diagnosis and management"“.
  17. Kitabchi AE, Umpierrez GE, Murphy MB, Kreisberg RA (December 2006) „"Hyperglycemic crises in adult patients with diabetes: a consensus statement from the American Diabetes Association"“.
  18. Maletkovic J, Drexler A (December 2013). "Diabetic ketoacidosis and hyperglycemic hyperosmolar state". Endocrinology and Metabolism Clinics of North America. 42 (4): 677–695 „doi:10.1016/j.ecl.2013.07.001. PMID 24286946.“.
  19. Kitabchi AE, Umpierrez GE, Miles JM, Fisher JN (July 2009). „"Hyperglycemic crises in adult patients with diabetes"“.
  20. Silverstein J, Klingensmith G, Copeland K, Plotnick L, Kaufman F, Laffel L, et al. (January 2005), Diabetes Care. „"Care of children and adolescents with type 1 diabetes: a statement of the American Diabetes Association"“. https://doi.org/10.2337%2Fdiacare.28.1.186.
  21. Brown TB (March 2004) „"Cerebral oedema in childhood diabetic ketoacidosis: is treatment a factor?"“. https://doi.org/10.1136%2Femj.2002.001578.