Insulin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Insulin (lot. insula — orolcha) — hayvon va odamning oqsil tabiatli gormoni. Meʼda osti bezining Langergans orolchalarida ishlab chiqariladi. Kanadalik olimlardan F. Banting bilan Ch. Best birinchi boʻlib ajratib olishgan (1921—22). Mol. m. 6000. Insulin moleku-lasi disulfid bogʻlari bilan birikkan ikkita polipeptid zanjirdan tuzilgan boʻlib, 51 aminokislota qoldigʻidan tashkil topgan. Insulinda aminokislo-talar qoldigʻining ketma-ket joylashuvini ingliz biokimyogari F. Sanger aniqladi (1945—56). Bu insulinni kimyoviy yoʻl bilan sintez qilishta imkon berdi. Insulin kimyoviy va gen injenerligi yoʻli bilan sintez qilingan. Insulin aminokislotalar tartibi birinchi boʻlib aniqlangan oqsil moddadir.

Insulin glikogenning parchalanishi va jigarda glyukoza sintezlanishini toʻxtatib, qondagi qand miqsorini kamaytiradi. Ayni vaqtda, hujayra mem-branalarining glyukoza oʻtkazuvchanligini oshiradi, natijada, toʻqimalarga glyukoza oʻtishiga imkon tugʻiladi. Organizmda Insulin yetishmasligi qandli di-abetta sabab boʻladi. Uni davolashda qoʻllaniladigan Insulin preparatlari (soʻyilgan qoramolning meʼda osti bezidan tayyorlanadi): amorf rux-insulin suspenziyasi, protamin-rux-insulin eritmasi, protamin-insulin suspenziyasi va boshqa insulinga Karaganda ancha uzok, taʼsir etadi. Darmonsizlik, ishtaqa yoʻqolishi va b. baʼzi kasalliklarda oz-ozdan Insulin inʼyeksiya qilish buyuriladi. Intoksikatsiyalar (mas, homiladorlarning tinmay qusishi), shizofreniya va jigar kasalliklarini davolashda ham buyuriladi. Insulin ovqat yeyishdan 30— 60 min. ilgari teri osti yoki muskul orasiga yuboriladi. U oqsil boʻlganidan hazm shiralari taʼsirida yemirilib ketadi, shuning uchun uni ichish naf bermaydi. 6—8 soatdan keyin takror inʼyeksiya qilinadi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil