Devkamar gʻori
Jump to navigation
Jump to search
Devkamar gʻori — Surxondaryo viloyati Boysun tumanidagi gor. Sarimastogʻning janubiy yon bagʻrida, 1315 m balandlikda, togʻ etagidan nisbiy balandligi 160 m. Yura davriga mansub ohaktoshlarda hosil boʻlgan. Kirish qismi ravoq shaklida, eni 20 m, balandligi 13 m gacha. Gʻor bir necha yoʻlak va xonalardan iborat boʻlib, ularning eni 5–10 m, balandligi 2–3 m. Sahni deyarli tekis, guano qatlami bilan qoplangan. Gʻor ogʻzi qismidagi ohaktosh yoriqlarida va gʻor toʻridagi shipida sizib chiqqan mumiyo izlarini koʻrish mumkin. Ichkarida uz. 6 m gacha, eni 1,5 m gacha va balandligi 0,7 m gacha boʻlgan har tomonga yoʻnalgan yoʻlakchalar mavjud. Gʻorning umumiy uz. 46 m, maydoni 423 m2, hajmi 2682 m3.
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |