Guano

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Guano (ispancha guano) — quruq iqlim sharoitlarida dengiz qushlarining uzoq yillar yigʻilib qolgan va chirigan axlati; azotli va fosforli oʻgʻit. Qushlar koʻplab yashaydigan Chili, Peru, Jan. Afrika sohillariga yaqin orollarda, Karib dengizi orollarida koʻp. Tarkibida 9% atrofida N, 13% R2O5 va 2 — 3% K,O bor. G.ni maydalab turli tipdagi tuproqlarda barcha qishloq xoʻjaligi ekinlari uchun qoʻllash mumkin. Shuningdek, baliq ovlash va baliqni kanta ishlash sanoati chiqindilaridan tayyorlanadigan oʻgʻit ham G. deb ataladi (tarkibida 8—11% azot, 12 — 14% fosfor bor). Bunday oʻgʻitlar asosan Yaponiya, AQSH, Norvegiya, Fransiyada ishlatiladi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil