Xoch
Qiyofa
Xoch, krest, salib — xristianlikning asosiy timsollaridan biri, pravoslaviye va katolitsizm diniy siginish buyumi. Xochga sigʻinish IV asrda rasmiylashgan. Xristianlar rivoyati boʻyicha, Iso Xochga mixlab oʻldirilgan, shunga koʻra, qatl quroli tasviri xristianlik dinini qabul qilish belgisi sifatida diniy timsolga aylangan. Protestantizmda Xochga sigʻinilmaydi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |