Dengiz xalqlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Dengiz xalqlari (nȝ ḫȝt.w n pȝ ym)
iyerogliflari

Dengiz xalqlari — miloddan avvalgi XIII asrda „bronza davri falokati“da migratsiyani boshlagan Oʻrtayer dengizi xalqlari guruhi. Ehtimol ular Egey mintaqasidan (Bolqon va Kichik Osiyo[1]) Misr va Xett davlati chegaralariga qadar boʻlgan hududlarda yashagan boʻlishlari mumkin. Dengiz xalqlariga: sherden, tirsen, tursha, filistim hamda chakkal, danunlar, frigiy, shakalesha, ahiyava yoki akayvasha (axeylar), aramantes, luk, tevkr kabi xalqlar kirgan.

Migratsiya sabablari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Eng keng tarqalgan fikrga koʻra, „dengiz xalqlari“ Kichik Osiyoda hind-yevropa tillari oilasida soʻzlashuvchi xalqlar kelgunga qadar ham yashaganlar. Ularning yunon ittifoqchilari axeylar yoki danaylar boʻlishgan. Nemis tarixchisi va tilshunosi H.Riks dengiz xalqlarini Kichik Osiyoning gʻarbiy qismidagi hind-yevropaliklardan oldingi aholi sifatida talqin qilib, bir-biriga qardosh boʻlgan tillarda soʻzlashgan xalqlar deb qaraydi hamda ularning soʻzlashgan tillarni shartli ravishda tirren tillari guruhida boʻlganligi farazini ilgari suradi. L.A.Gindi va V.L.Simburskiylarning „Gomer va Sharqiy Oʻrtayer dengizi tarixi“ kitobida „dengiz xalqlari“ asosan Bolqon yarim orolining shimolida, protofrakiy qabilalariga aloqador boʻlganlar degan fikrni bildirishgan. Biroq bu faraz keng qoʻllab-quvvatlanmadi.

XX asrning birinchi yarmida baʼzi tarixchilar Miken madaniyati mintaqasini oʻsha paytda doriylar zarbasi ostida halok boʻlgan[2] deb hisoblaydilar. Bir qator zamonaviy tarixchilar „dengiz xalqlari“ning janubga koʻchishining boshlanishini nafaqat magʻlubiyatga uchragan Anatoliyaning gʻarbiy sohillari madaniyatiga halokatli taʼsir koʻrsatgan Troya urushining tugashi, balki, gʻolib boʻlgan axeylarning iqtisodiy taraqqiyotiga bogʻlaydilar. Aftidan, bu dengiz xalqlari orasida axaylar va danayliklarning borligini anglatadi. Ularning aksariyati Kichik Osiyoning gʻarbidagi yunonlargacha boʻlgan aholi bilan aniqlangan. Yangilangan maʼlumotlarga koʻra, katta koʻchish doriylar bosqinidan bir-ikki asr oldin sodir boʻlgan.

Atamasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

„Dengiz xalqlari“ atamasi miloddan avvalgi XIV-XII asrlarda misrliklar tomonidan shimoldagi Oʻrtayer dengizi boʻylarida yashagan oʻzlariga nomaʼlum xalqlarga nisbatdan qoʻllanilgan. Misr atamasini „Dengiz xalqlari“ deb tarjima qilish 1881-yilda fransuz misrshunosi Gaston Maspero tomonidan taklif qilingan.

Migratsiyaning oqibatlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Garamanteslar[3], sikullar, filistimliklar[4], frigiylar[5] hamda etrusklar[6] „dengiz xalqlari“ vakillaridir. „Dengiz xalqlari“ bosqini Sharqiy Oʻrtayer dengizidagi koʻplab shaharlarning vayron boʻlishiga va Misrdagi Yangi podsholikning kuchsizlanishiga olib keldi, ammo ular Ramses III davrida bosqinchi xalqlarni quvib yuborishga muvaffaq boʻlishdi.

Troyan urushi, Xet imperiyasining qulashi, Miken sivilizatsiyasining tugashi „bronza davri falokati“ voqealari[7], garchi Oʻrtayer dengizi shimoliy sohilidagi qoʻzgʻolonlari yoxud „buyuk koʻchishlar“ ushbu xalqlarning xatti-harakatlari mahsulidir.

Taniqli tadqiqotchilar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • История Древнего Востока. Зарождение древнейших классовых обществ и первые очаги рабовладельческой цивилизации. — Часть II. Передняя Азия. Египет. — М.: Наука, Главная редакция восточной литературы, 1988. — 623 с.: ил.
  • История Древнего Востока. От ранних государственных образований до древних империй. — М.: Издательская фирма «Восточная литература», 2004. — 896 с. — ISBN 978-5-02-018388-1.
  • Великовский, Иммануил. Народы моря. Человечество в амнезии / Пер. с англ. Л. В. Харламовой. — Ростов-на-Дону: Феникс, 1997. — 544 c.: ил.
  • Гиндин Л. А., Цымбурский В. Л. Гомер и история восточного Средиземноморья. — М.: Издат. фирма «Восточная литература», 1996. — 328 с. — ISBN 5-02-017764-4.
  • Глазерсон, Матитьягу. Филистимляне и палестинцы. Идеологический конфликт между Израилем и филистимлянами в прошлом и настоящем. — Иерусалим: «Еврейская книга», 2007. — 178 с.
  • Догерти, Мартин; Хэскью, Майкл; Джестайс, Филлис. Великие сражения библейских времен 1400 год до н. э. — 73 год н. э. / Пер. с англ. А. Колина. — М.: Эксмо, 2009. — 224 с.: ил. — Серия «Военная история человечества». — ISBN 978-5-699-34309-6.
  • D’Amato, Raffaele; Salimbeti, Andrea. Sea Peoples of the Bronze Age Mediterranean c.1400 BC–1000 BC. — Osprey Publishing, 2015. — 64 p. — ISBN 9781849083133.

Izohlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Ашдод“. 2014-yil 5-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 18-fevral. (Wayback Machine saytida 2014-06-05 sanasida arxivlangan)
  2. „Древняя Греция: история и мифология. Ахейцы, микенская цивилизация. Дорийское нашествие. Великая греческая колонизация“. 2009-yil 2-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 18-fevral.
  3. Garamanti — vlastelini Saxari
  4. Reabilitatsiya filistimlyan
  5. „Narodi morya“. Padenie Xettskoy derjavi
  6. „Этруски. Культура и история“. 2010-yil 4-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 18-fevral. (Wayback Machine saytida 2010-10-04 sanasida arxivlangan)
  7. „Гиксосы и их потомки“. 2009-yil 13-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 18-fevral. (Wayback Machine saytida 2009-03-13 sanasida arxivlangan)