Miken
Qiyofa
Miken, Mikeni — Argolida (Janubiy Gretsiya)dagi qadimgi shahar. Egey madaniyatining yirik markazi. Miloddan avvalgi 3–ming yillikda manzilgoh. 17-asrdan axeylar davlatlaridan birining poytaxti. Ravnaq topgan davri miloddan avvalgi 1400—1200-yillarga toʻgʻri keladi. Miloddan avvalgi 1200-yilda yongʻindan harobaga aylangan. Qazishmalar (1876-yildan) natijasida saroy, daxmalar, ulkan devorlar, hunarmandlar uylari va boshqa ochilgan[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Tarixga oid ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |