Misrshunoslik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Misrshunoslik - sharqshunos likning Kdd. Misr tili va yozuvi, tarixi, madaniyati va arxeologik yodgorliklarini oʻrganuvchi sohasi. Parijda Qadimgi yozuvlar akademiyasida fransuz olimi F. Shampolon misr iyeroglifik yozuvlarini oʻqish ustidan olib borgan tadqiqotlari toʻgʻrisida axborot bergan vaqti (1922 yil 22 sentabr) M.ka asos solingan kun deb qabul qilingan. U Rozet shahri yaqinida topilgan toshdagi 3 tilda yozilgan matnlarni va yodgorliklarni oʻrganish jarayonida bu yozuvlarni oʻqish yoʻlini topgan va shu asosda misr yozuvi lugʻati va grammatikasini tuzgan. 1820—30 yillarda Shampolon Misrga ekspeditsiya uyushtirdi. U yerda bir qancha yodgorliklarni toʻplab, ular toʻgʻrisida ilmiy xulosalar berdi. 1851 yildan Misrda sistematik ravishda qazish ishlari olib borildi. Fransuz olimi O. Mariyet Memfis yaqinidagi Sakkarada olib borgan qazish ishlaridan keyin Misr muzeyi va "Merosni oʻrganish" jamiyatini ochdi. M. rivojlanishida 19-asrning 90-yillarida A. Erman asos solgan Berlin maktabi muqim rol oʻynadi. Bu maktab filol. sohasida tadqiqotlar olib bordi va koʻp jildlik misr lugʻatini tuzdi. 19-asr oxiri va 20-asr boshida fransuz arxeologi J. de Morgan va ingliz arxeologi U. Pitri Flinders Qad. Misr firʼavnlari sulolasi hukmronligigacha boʻlgan davr va ilk sulola hukmronligi davrini oʻrgandi.

Rossiyada M.ni oʻrganish 19-asrning 1-yarmida boshlandi. Dekabrist G. S. Batenkov 1824 yil Shampolonning "Iyeroglifik tartib ocherklari" asarini qisqacha tahlil qildi. 1826 yil Imperator FA Milanda Qad. Misr osoriatiqalarini sotib olib, ularni Ermitajga berdi (1862). 19-asrning oxirida V. S. Golenishchev Misrga bir necha bor ekspeditsiyalar uyushtirdi. Qohira untida M. kafedrasini ochdi. 20-asrning 20-yillarida nemis olimlari va boshqa yevropalik olimlar misr tili va matnlarini oʻrgandilar. Yangi pod-sholik davri yodgorliklarini oʻrganishda nemis, ingliz, amerika olimlarining Amarnada olib borgan qazishmalari muqim oʻrin egallaydi. Ilk sulola hukmronligi va Qad. pod-sholik davri tarixini oʻrganishda ingliz arxeologi K. Emeri va Misr olimi Salim Hassan va Abu Bakrlarni Sakkara va Gʻazzodagi qabristonlarda olib borgan izlanishlarining natijalari muhim ahamiyatga ega. Asvon toʻgʻoni qurilishi davrida suv osti zonasida qolishi mumkin boʻlgan tarixiy obidalarni saqlab qolish maqsadida 1960 yil YUNESKO qoshida xalqaro qoʻmita tuzildi.

Oʻzbekistonda Toshkent sharqshunoslik instituti, OʻzMU, OʻzR Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti olimlari va mutaxassislari M.ga taallukli siyosiy-iqtisodiy, ijtimoiy, mafkuraviy, harbiy, maʼnaviy va diniy masalalarni tadqiq etmoqdalar. Toshkent sharq-shunoslik institutida nashr etiladigan "Sharq mashʼali", "Sharqshunoslik" ilmiy toʻplamlarida M.ka oid dolzarb masalalar yuzasidan ilmiytaxliliy maqolalar chop etilmoqda. Poytaxtda "Oʻzbekistonmisr" doʻstlik jamiyati faoliyat koʻrsatayotir. Mazkur jamiyat Misr bilan madaniy-maʼrifiy va ilmiy aloqalarni kengaytirishga xizmat qilmoqda. Yurtimizda oʻtkazilayotgan ilmiy-amaliy anjumanlar, doʻstlik kunlari, kinoanjumanlar, talabalar oʻrtasida oʻtkazilayotgan tanlovlar, viktorinalar, ikki xalqni bir-biriga yanada yaqinroq tanishtirishga xizmat qilmoqda. I va II Toshkent tibbiyot institutlari shifokorlari oʻzaro tashriflar, birgalikda olib borilayotgan tadqiqotlari orqali misrlik hamkasblari bilan jonli aloqa bogʻlaganlar.

Adabiyot[tahrir]

  • Munavvarov 3., Oʻzbekiston i arabskiy mir: perspektivi sotrudnichestva, T., 1997; Maxmudbekov Sh., Borba Yegipta za nezavisimost, T., 1992; Giyasov B. T., Mohammad Xosni Muborak — politik i diplomat, T., 1999; Giyasov B., Xasa-nov E., Diplomatiya Yegipta, T., 2001; Salohuddinov X. A., Firʼavnlar mamlakati, T., 1992; Borisov B. T., Rol islama vo vnutrenney i vneshney politike Yegipta, M., 1991.

Bobur Gʻiyosov.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil