Kontent qismiga oʻtish

Dempfer

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Dempfer (nemischa: „Dampfer“ — soʻndirgich) — 1) mashina va asboblarning ishlashi vaqtida sodir boʻladigan mexanik tebranishlarni yoʻqotadigan, elektr mashina va elektr oʻlchash asboblaridagi tebranishlarni soʻndiradigan qurilma. Avtomat rostlagich va oʻlchash asboblarida gidravlik (kataraktlar) va pnevmatik dempferlar keng qoʻllanadi. Ularda tebranish energiyasi suyuqlik (gaz)ning bir kameradan ikkinchi kameraga oqib oʻtishi hisobiga soʻnadi. Elektr mashina va elektr oʻlchash asboblaridagi tebranishlarni yoʻqotish uchun oʻz chulgʻamlaridagi tok maydoni bilan qoʻshimcha chulgamdagi tok maydonining oʻzaro taʼsirida ishlaydigan dempfer qoʻllanadi; 2) koʻp torli musiqa asboblarida torlarning tebranishini soʻndiradigan moslama. Dempfer fortepiano va arfada, oʻzbek cholgʻu asboblaridan changda boʻladi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil