Kontent qismiga oʻtish

Arfa

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Arfa (ital. agra) —

Paraguayan harp 1

uchburchak shaklidagi qadimiy torli tirnama soz. Dastlabki tasvirlari miloddan avvalgi 3ming yillikka taalluqli. Oddiy koʻrinishdagi arfa jahonning deyarli barcha xalqlarida uchraydi. Turli xalqlar orasida qadimdan tarqalgan: gruzinlarda — changi, abxazlarda — ayumaa, osetinlarda — duadastanon. Oʻrta Osiyoda qoʻllangan chang (cheng) deb yuritilgan soz arfaning oʻtmishdoshi boʻlgan. Ayritom frizida (1-2 asrlar) 13 torli arfa chalayotgan ayol sozanda tasvirlangan.

Hozirgi arfaning 44-46 tori boʻlib (diatonik dobemol majorda sozlangan), vertikal rezonatorli uchburchak shakldagi ramaga tortilgan. Xromatik tovushlarni sadolantirish va boshqa tonallikka oʻtkazish uchun pedal mexanizmidan (19 asr boshida fransuz ustasi S. Erar ixtiro qilgan) foydalaniladi. U ikki vazifani — torlarni qisqartirish va sadoni yarim ton yoki bir tonga balandlatish yoki pastlatish uchun xizmat qiladi.

Orkestrda, ansamblda yakkanavoz va joʻrnavoz soz sifatida ishlatiladi. Arfa tovushi mayin va yoqimli.

I. Bax, G. Gendel, V. Motsart, M. Ravel, P. Xindemit va boshqalar arfa uchun yakkanavoz asarlar yaratishgan. Arfa ijrochiligida R. N. Sh. Boksa, F. Y. Dizi, A. Sabel, I. Eyxenvald, K. Erdeli, V. Dulova va boshqalar shuhrat qozonishgan. Oʻzbekistonda arfa simfonik va opera orkestrlari tarkibida ishlatiladi. 50-60 yillarda Toshkent konservatoriyasida arfa sinfi boʻlgan.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000yil