Kontent qismiga oʻtish

Degidrator

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Degidratorneft emulsiyasi tarkibidagi suvni ajratuvchi asbob. Bu ishni yuqori chastota va yuqori kuchlanishli elektr maydoni taʼsirida amalga oshiriladi. Degidrator metall korpusdan iborat boʻlib, ichida elektrod oʻrnatilgan ebonit izolyator joylashgan. Izolyator boltlar bilan korpus flanetsi 2 ga mahkamlangan. Metall oʻzak 4 dan elektrodga kuchlanish beriladi. Degidrator disk 5 yordamida transformator xonasiga oʻrnatiladi. Degidratorning elektr qismi transformator, qarshilik, razryadnik va kondensatordan tuzilgan. Degidrator neftni qayta ishlash korxonalarida qoʻllanadi.

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil