Izolyator

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Izolyator (frans. isolateur, isoler — alohidalamoq) 1) tibbiyotda — kasalxona, bolalar poliklinikasi, sanatoriy, bolalar bogʻchasi kabi muassasalarda maxsus jihozlangan bino, xona. Kasali atrofdagilarga yuqishi mumkin boʻlgan kishilar (yuqumli kasallik bilan ogʻrigan yoki shunday kasalligi bor deb gumon qilinganlar, ularga yaqin yurganlar) I.ga yotqizib davolanadi. Infeksion kasalxonalarning har bir boʻlimidagi I.-boksga alohida eshikdan kirib chiqiladi. I.da tibbiyot xodimlari yuz-kul yuvishi uchun idish turadigan, xalat va qalpoq osib qoʻyiladigan dahliz boʻlishi shart. I.da epidemiyaga qarshi rejimga qatʼiy rioya qilinadi: shaxsiy gigiyenaga bekamu koʻst amal qilishga oʻrgatilgan maxsus xodim ishlaydi, xona muntazam dezinfeksiya qilib turiladi, bemorning koʻrpa-toʻshagi, kiyim-boshi, idish-tovogʻi alohida boʻladi. Uy sharoitida alohida xona, yo uning shirma yoki choyshab bilan toʻsilgan burchagi I. vazifasini oʻtashi mumkin. 2) Veterinariyada — boshqa xoʻjalik binolaridan kamida 200 m masofada qurilgan alohida xona. I.ga kiriladigan joyga yer (ostona)ga dezinfektorlar shimdirilgan toʻshama tashlab qoʻyiladi. Goʻsht kombinatlarida bir sutkada qabul qilinadigan mollarning 1% iga qadar miqdori joylashtiriladigan I.lar kuril adi.[1] izolyator ozidan elektr tokini otqazmaydigan materiallar ular chinni shisha va sopol buyumlardan yasalgan bolishi mumkin.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil