Kontent qismiga oʻtish

Elektrod

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Payvandlash uchun Elektrodlar

Elektrod (elektro... va yun. poyok — yoʻl) — 1) payvandlash ektrodi — payvandlash, eritish yoki kesib tushirish vaqtida detalga elektr toki beradigan element (plastinka, rolik yoki sterjen). Metall, kamdan-kam hollarda koʻmir sirtiga legirlovchi, oksidlovchi va barqarorlovchi kimyoviy modda qoplab tayyorlanadi. Elektrodning eriydigan, erimaydigan (volfram va uglerodli poʻlat sterjenlar) va kontakt payvand uchun moʻljallangan turlari bor. Metall elektrod 0,3-12 mm diametrli qilib yasaladi;

2) p ye ch elektrodi — yoy pechi konstruksiyasining elementi; undan elektr toki pechning ish boʻshligʻiga uzatiladi. Koʻmir, grafit, metalldan tayyorlanadi;

3) galvanik elektrodi — ionli oʻtkazgichga botirilgan element; elektron oʻtkazgich hisoblanadi. Elektroliz vaqtida galvanik tok manbalari va boshqalarda ishlatiladi;

4) elektron asbob elektrodi — plastinka, toʻr, silindr va boshqa shaklda yasaladi. Turli maqsadlarda ishlatiladi. Masalan, katod, fotokatod kabi elektrodlar elektronlar manbai hisoblanadi; toʻrlar (boshqaruvchi, ekranlovchi, antidinatron) va elektron toʻplar asbob ichida ish muhitida elektrodlar va ionlarning harakatini boshqarib turuvchi elektr maydonlar hosil qilish uchun qoʻllanadi. Anod elektronlar kollektori hisoblanadi.