Ebonit

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Ebonit (yun. yeyepoa — qora daraxt), qattiq rezina — tabiiy yoki sunʼiy kauchukni oltingugurt (kauchuk massasiga nisbatan 30—50%) bilan vulkanizatsiyalashdan hosil boʻlgan mahsulot. E.da bogʻlangan oltingugurt 32% ga yaqin, formulasi (S6N95)2. E. qoʻngʻir yoki qora tusli; zichligi 1140 kg/m3, mexanik ishlovga oson beriladi, gigroskopik emas, gazlarni singdirmaydi, kislota va ishqorlar taʼsiriga chidamli, uglerod sulfid va neft mahsulotlarida erimaydi, parafinda 300° dan yuqori trada eriydi. 70— 80° da yumshaydi, soviganda yana qattiqlashadi, 200° dan yuqori trada erimay koʻmirga aylanadi.

E. tayyorlash uchun nihoyatda toza kauchuk ishlatiladi. Toʻldirgich sifatida E. kukuni, talk, pemza, oq qurum va boshqalar ishlatiladi. Qora tusli E.ga oz miqdorda (3—5%) qurum qoʻshiladi. E., asosan, elektrotexnika mahsulotlari, kislota va ishqorlar uchun idishlar tayyorlashda qoʻllanadi.