Davronbek Ahmadbekov
Davronbek Ahmadbekov | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
1894-yil Xoʻjand, Samarqand viloyati, Turkiston general-gubernatorligi, Rossiya imperiyasi |
Vafoti | 1938-yil 4-oktabr |
Siyosiy partiyasi | VKP(b) |
Davronbek Axmadbekov (1894-yil, Xoʻjand, Samarqand viloyati, Rossiya imperiyasi — 1938-yil 4-oktabr) — inqilobiy harakat ishtirokchisi, davlat arbobi, Oʻzbekiston SSR Adliya xalq komissari. Oʻzbekiston SSR prokurori (1932—1936).
Tarjimai holi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Dehqon oilasida tugʻilgan. Eski-usulli va ruscha maktablarni tugatgan.
1918-yil apreldan RCP(b) aʼzosi.
- 1932-1936-yillar — Oʻzbekiston SSR Adliya xalq komissari-prokurori;
- 1936-1937-yillar — Oʻzbekiston SSR Markaziy Ijroiya Qoʻmitasi kotibi.
1938-yil oktabr oyida SSSR Oliy sudi Harbiy kollegiyasining sayyor majlisida u oʻlim jazosiga hukm qilingan. 1956-yil may oyida SSSR Oliy sudi Harbiy kollegiyasi tomonidan reabilitatsiya qilingan.
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
Shamsutdinov R. O‘zbekistonda sovet hokimiyatining repressiv siyosati va uning oqibatlari. Toshkent, 2012-yil