Davron Toshev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Toshev Davron- Buxorolik miniatyurachi rassom

Davron Toshev- Buxorolik miniatyurachi rassom. "Hunarmand" uyushmasi a'zosi (2000), "Markaziy Osiyo hunarmandlari" festivali qatnashchisi (2001-2003), "Shuhrat" medali sohibi (2005), O'zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a'zosi (2006).

Tarjimai holi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1970-yil 5-yanvarda Boxoro viloyatida tug'ilgan. 5-hunar-texnika bilim yurtini tugatgan (1985-1989), Buxoro davlat universiteti badiiy grafika bo'limi (2004-2007) Toshkent shahridagi "Sanoi nafis" ijodiy guruhi ustalari shogirdi (1992-1994), Kogon shahridagi "Me'mor" kichik korxonasi bosh rassomi (1994-1997), Buxoro shahar ixtisoslahtirilgan san'at maktabi o'qituvchisi (1997- 2010), "Hunarmand uyushmasi a'zosi (2000), "Markaziy Osiyo hunarmandlari" festivali qatnashchisi Qozog'ston (2001-2003), "O'zbekiston miniatyurasi" ko'rgazmasi qatnashchisi Fransiya (2005), O'zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a'zosi (2006), "Aquarelles" ko'rgazmasi qatnashchisi Fransiya (2011), "Usta davron" (BUXORO IPAK QOGOZ, ООО) miniatyura va tabiiy Buxoro qog'ozi ishlab chiqish maktabi asoschisi (2018).

Ijodi[tahrir | manbasini tahrirlash]

200 dan ortiq ijod namunalari mavjud. Buxoro miniatyura maktabi rivojiga alohida hissasini qo'shgan, nafaqat O'zbekiston, xorijda ham hamkasblari va miniatyura san'ati muxlislariga yaxshi tanish. Musavvir Sharq miniatyura san'atining ham badiiy, ham poetik usullarini mahorat bilan uyg'unlashtirgan.

Usta Davron Toshev ijodidan

"Marché d'Art de Noël" ko'rgazmasi qatnashchisi Fransiya (2006), shahsiy ko'rgazma, Bryussel shahri (Belgiya-2006), shahsiy ko'rgazma, Lion shahri (Fransiya-2007), shahsiy ko'rgazma, Grenoble shahri (Fransiya-2008), shahsiy ko'rgazma, (Fransiya-2009), shahsiy ko'rgazma, Kamoliddin Behzod nomidagi memorial-bog' muzeyi (Toshkent-2012).

Rassom Buxoro miniatyura dunyosiga shu qadar chuqur kirib borganki, uning asarlari personajlar mukammalligi, chiziqlarning nozikligi bilan ajralib turadi. Davron Toshev zamonaviy o'zbek miniatyura san'atida birinchi yo'nalishga mansubdir.Hozirgi kunda rassomning 100 dan ziyod shogirtlari mavjud.

Mukofot va unvonlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Suratlar mavzusi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Usta Davron miniatyura maktabi
  • "Bahrom qora qasrda"
  • "Sevishganlar bog'i"
  • "Oshiq musavvir"
  • "Shohona ov"
  • "Shoh va cho'pon"
  • "Bog'da bazm"
  • "Bazm"
  • "Hamsa"
  • "Shohnoma"
  • "Darvesh"
  • "Karvon"

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Turkum: Buxoroda tug'ilgan| 1970- yil tug'ilgan| 5-yanvarda tug'ilgan| rassmom| miniatyurist

  1. „Usta Davron“.