David May

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
David May
May in June 2022
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi David May[1]
Tavallud sanasi 24-iyun 1970-yil (1970-06-24) (53 yosh)[2]
Tavallud joyi Oldham, Angliya
Boʻyi 6 feet 0 inches (1.83 m)[3]
Ampluasi himoyachi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
0000—1988 Blackburn Rovers

David May (talaffuzi: Devid Mey; 1970-yil 24-iyunda Oldxemda tugʻilgan) — himoyachi sifatida oʻynaydigan ingliz futbolchisi.

Klublardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

David Manchesterning Oldham shahrida tugʻilgan. U oʻz faoliyatini „Blackburn Rovers“ futbol klubida boshlagan. 1988-yildan boshlab u asosiy jamoada oʻynay boshlagan, klub uchun 100 dan ortiq oʻyin oʻtkazgan. 1992-yilda „Blackburn Rovers“ futbol klubi premyer ligaga chiqqan va 1993-1994-yilgi mavsumda „Manchester United“ futbol klubiga chempionlikni boy berib, ikkinchi oʻrinni egallagan[4].

May 1994-yilning iyulida 1,20 million funt sterling evaziga „Manchester United“ futbol klubi bilan shartnoma imzolagan. „Blackburn Rovers“ futbol klubi rahbariyati bilan yangi shartnoma borasida kelishmovchiliklar tufayli futbolchi jamoani tark etgan[5]. „Manchester United“ bosh murabbiyi Alex Ferguson himoyachi qidirayotgani bois, futbolchini jamoasiga qoʻshib olgan. Futbolchi „Manchester United“ futbol klubining oʻng qanot himoyachisi Pol Parkerning jarohati tufayli uning pozitsiyada oʻynay boshlagan. Faqat vaqti-vaqti bilan himoya markazida oʻynash uchun maydonga tushgan, chunki Stephen Roger Bruce va Gary Andrew Pallister bilan oʻzi uchun noodatiy pozitsiyada unchalik ishonchli oʻynamagan. Hamda mavsum oxiriga kelib uni Gary Neville jamoadan chiqarib yuborgan. „Manchester United“ futbol klubi mavsumni ikkinchi oʻrinda yakunlagan va chempionlikni „Blackburn Rovers“ futbol klubiga boy bergan.

1995-1996-yilgi mavsumning oxiriga kelib May jamoaning asosiy tarkibidan muhim oʻrin egallagan. Jamoa safida jami 18 ta oʻyinda maydonga tushgan va soʻnggi turda „Middlesbrough“ futbol klubiga qarshi oʻyinda „Manchester United“ futbol klubi safidagi ilk golini kiritgan. Ushbu 3:0 hisobidagi g‘alaba „qizil iblislar“ga chempionlikni kafolatlagan. May, shuningdek, 1996-yilda Angliya kubogi finalida „Liverpool“ futbol klubiga qarshi oʻyinda jamoaga sardorlik qilgan.

Statistika[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mavsum Jamoa Oʻyin
1988—1994 Blackburn Rovers 123
1994—2003 Manchester United 85
1999—2000 Huddersfield Town (ijara) 1
2003—2004 Burnley 35
2004—2006 Bacup Borough

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Andoza:Hugman
  2. „David May: Overview“. ESPN. Qaraldi: 2020-yil 17-may.
  3. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; no text was provided for refs named PremProfile
  4. „https://www.independent.co.uk/sport/football-dark-days-are-over-as-may-shines-1275332.html“.
  5. „David May, what happened next?“ (en). FourFourTwo. 2012-yil 5-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 17-avgust.