Danny Ward
![]() | |||
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Daniel Ward[1] | ||
Tavallud sanasi | 22-iyun 1993-yil[2] | ||
Tavallud joyi | Wrexham, Uels | ||
Boʻyi | 6 feet 3 inches (1.91 m)[3] | ||
Ampluasi | darvozabon | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Leicester City | ||
Raqami | 1 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
2007—2011 | Wrexham | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2011—2012 | Wrexham | 0 | (0) |
2011 | → Tamworth (ijara) | 1 | (0) |
2012—2018 | Liverpool | 2 | (0) |
2015 | → Morecambe (ijara) | 5 | (0) |
2015—2016 | → Aberdeen (ijara) | 21 | (0) |
2016—2017 | → Huddersfield Town (ijara) | 43 | (0) |
2018— | Leicester City | 16 | (0) |
Milliy terma jamoa | |||
2009 | Uels U17 | ||
2010—2012 | Uels U19 | 3 | (0) |
2012—2015 | Uels U21 | 4 | (0) |
2016— | Uels | 28 | (0) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (12 noyabr uchun) |
Daniel „Danny“ Ward (talaffuzi: Daniel Uord; 1993-yil 22-iyunda Uelsda tugʻilgan) — „Leicester City“ futbol klubi va Uels terma jamoasida darvozabon sifatida oʻynaydigan uelslik futbolchi. Ikki marta Yevropa chempionati ishtirokchisi (2016 va 2020).
Klublardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ward oʻz shahrining „Wrexam“ klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2011-yilda u Angliyaning „Tamworth“ jamoasiga ijaraga oʻtdi. 12-may kuni „Hayes & Eading United“ futbol klubiga qarshi oʻyinda Daniel „Danny“ debyut qildi[4]. 2012-yilning yanvarida Ward „Liverpool“ futbol klubiga koʻchib oʻtdi[5]. Transfer summasi 100 ming funtni tashkil qildi. 2015-yilda u oʻyin amaliyotiga ega boʻlish uchun „Morecambe“ futbol klubiga koʻchib oʻtdi[6][7]. 21-mart kuni „Carlisle United“ futbol klubiga qarshi bahsda Daniel „Danny“ Angliyaning Ikkinchi ligasida debyut qildi[8]. Oʻsha yili ijara muddati tugagach, u „Liverpool“ futbol klubi bilan shartnomasini 2020-yilgacha uzaytirdi[9].
2016-yil yanvar oyida „Liverpool“ bosh murabbiyi Jürgen Klopp Angliya premyer ligasidagi darvozabonlar Simon Mignolet va kubok uchrashuvlarida Adam Bogdanning noaniq oʻyinidan soʻng, „Aberdeen“ futbol klubi bilan ijara shartnomasini muddatidan oldin bekor qilishga qaror qildi[10]. Daniel „Danny“ning „Liverpool“dagi debyuti 2016-yilning 17-aprel kuni Angliya premyer ligasining 34-turida „AFC Bournemouth“ futbol klubiga qarshi oʻyinda boʻlib oʻtdi. Ward butun oʻyinni asosiy tarkibda oʻtkazdi va uchrashuv oxirida gol oʻtkazib yubordi ammo uning jamoasi 2:1 hisobida gʻalaba qozondi[11].
Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]
2016-yilning 24-martida Shimoliy Irlandiyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinining ikkinchi bo‘limda Wayne Xennessining o‘rniga Uels terma jamoasi safida debyut qildi[12].
Oʻsha yilning yozida Daniel „Danny“ terma jamoa tarkibida Fransiyada boʻlib oʻtgan Yevropa chempionatida ishtirok etdi. Turnirda u Slovakiyaga qarshi oʻyinda maydonga tushdi[13]. U 2020-yilgi Yevropa chempionatida terma jamoaning asosiy darvozaboni boʻlgan.
Statistika[tahrir | manbasini tahrirlash]
Jamoa | Mavsum | Liga | Milliy kubok | Xalqaro kubok | Jami | ||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | ||
Morecambe F. C.![]() |
2014—2015 | 5 | −6 | 0 | 0 | — | 5 | -6 | |
Jami | 5 | -6 | 0 | 0 | 0 | 0 | 5 | -6 | |
Aberdeen F. C.![]() |
2015—2016 | 21 | −20 | 2 | −3 | 6 | −6 | 29 | -29 |
Jami | 21 | -20 | 2 | -3 | 6 | 6 | 29 | -29 | |
Liverpool F. C.![]() |
2015—2016 | 2 | −4 | 0 | 0 | 0 | 0 | 2 | -4 |
Huddersfield Town A. F. C.![]() |
2016—2017 | 45 | −53 | 1 | −2 | — | 46 | -55 | |
Jami | 45 | -53 | 1 | -2 | 0 | 0 | 46 | -55 | |
Liverpool F. C.![]() |
2017—2018 | 0 | 0 | 1 | −2 | 0 | 0 | 1 | -2 |
Jami | 2 | -4 | 1 | -2 | 0 | 0 | 3 | -6 | |
Leicester City F. C.![]() |
2018—2019 | 0 | 0 | 5 | −3 | — | 5 | -3 | |
2019—2020 | 0 | 0 | 4 | −1 | — | 4 | -1 | ||
2020—2021 | 0 | 0 | 3 | −3 | 2 | −1 | 5 | -4 | |
2021—2022 | 1 | −1 | 4 | −7 | 0 | 0 | 5 | -8 | |
2022—2023 | 15 | −25 | 0 | 0 | — | 15 | -25 | ||
Jami | 16 | -26 | 16 | -14 | 2 | -1 | 34 | -41 | |
Umumiy faoliyatida | 89 | -109 | 20 | -21 | 8 | -7 | 117 | -137 |
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ „Premier League clubs publish 2019/20 retained lists“. Premier League (26-iyun 2020-yil). Qaraldi: 10-iyul 2020-yil.
- ↑ Andoza:Hugman
- ↑ „Danny Ward“. 11v11.com. AFS Enterprises. Qaraldi: 26-may 2018-yil.
- ↑ „Danny Ward season details 2010/11“. tamworth-mad.co.uk. 29-iyul 2013-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 14-noyabr 2012-yil.
- ↑ „Liverpool sign up Wrexham keeper Danny Ward“. British Broadcasting Corporation (30-yanvar 2012-yil). 27-dekabr 2015-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 14-noyabr 2012-yil.
- ↑ „Ward completes Morecambe switch“. Liverpool F.C. (20-mart 2015-yil). 2-aprel 2015-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 20-mart 2015-yil.
- ↑ „Morecambe: Danny Ward and Aaron Wildig join on loan“. BBC Sport (20-mart 2015-yil). Qaraldi: 21-mart 2015-yil.
- ↑ „Карлайл Юнайтед VS. Моркам 1:1“ (ru). soccerway.com (21-mart 2015-yil). 7-mart 2016-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 15-dekabr 2015-yil.
- ↑ „Danny Ward agrees new Reds deal“. David Lynch (Liverpool F.C.) (23-iyun 2015-yil). Qaraldi: 15-dekabr 2015-yil.
- ↑ http://www.liverpoolfc.ru/novosti-2015-16/uord-vozvraschaetsya-iz-arendi Wayback Machine saytida arxivlandi (2016-01-28). Uord vozvraщaetsya iz arendi
- ↑ „Борнмут VS. Ливерпуль 1:2“ (ru). soccerway.com (17-aprel 2016-yil). 14-aprel 2016-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 18-aprel 2016-yil.
- ↑ „Уэльс VS. Северная Ирландия 1:1“ (en). soccerway.com (24-mart 2016-yil). 31-mart 2016-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 6-aprel 2016-yil.
- ↑ „Уэльс VS. Словакия 2:1“ (en). soccerway.com (11-iyun 2016-yil). 31-iyul 2016-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 8-iyul 2016-yil.