Daniyada yilning eng yaxshi futbolchisi mukofoti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Daniyada yilning eng yaxshi futbolchisi mukofoti 1963-yildan beri Daniya futbol assotsiatsiyasi[1] tomonidan eng yaxshi daniyalik futbolchiga beriladigan yillik mukofotdir. Gʻolib Daniyaning professional futbolchilari oʻrtasidagi ovoz berishda aniqlanadi. 2000-yildan beri eng yaxshi ayol futbolchi uchun ham „Daniyada yilning eng yaxshi futbolchisi“ mukofoti mavjud. Daniyada yilning eng yaxshi futbolchisi mukofoti gʻolibi barcha Daniya milliy futbol assosiatsiyasi oʻyinchilari oʻrtasida ovoz berish yoʻli bilan aniqlanadi[2].

Jens Petersen 1963-yilda Daniyada yilning eng yaxshi futbolchisi mukofotini qoʻlga kiritgan birinchi futbolchi edi. 1975-yilda Henning Munk Jensen Daniyada yilning eng yaxshi futbolchisi mukofotini ikkinchi marta qoʻlga kiritgan birinchi futbolchi boʻldi. 1978-yilgacha Daniya futbol assotsiatsiyasining qoidasiga koʻra faqat ichki ligadagi oʻyinchilar Daniyada yilning eng yaxshi futbolchisi mukofotini qoʻlga kiritishi mumkin edi[3].. 1978-yilda Daniyada pullik (xususiy) futbol paydo boʻlgandan keyin ham chet el klublarining birorta oʻyinchisi ham Daniyada yilning eng yaxshi futbolchisi mukofotini olishi mumin boʻldi. Nihoyat 1983-yilda barcha daniyalik futbolchilar uchun mukofot ochilganida, milliy terma jamoa sardori Morten Olsen sovrinni qoʻlga kiritgan birinchi futbolchi boʻldi[4].

Daniyada yilning eng yaxshi futbolchisi mukofotini qoʻlga kiritish boʻyicha rekord egasi Pernille Harder boʻlib, u 7 marta Daniyada yilning eng yaxshi futbolchisi mukofoti sovrindori deb topilgan. Daniyada yilning eng yaxshi futbolchisi mukofotini erkak oʻrtasida olish boʻyicha rekordchi Christian Eriksen boʻlib, jami hisobda besh marta Daniyada yilning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan. Brøndby IF jamoasi esa Daniyada yilning eng yaxshi futbolchisi mukofotiga eng koʻp oʻyinchilari tanlangan futbol klubi hisoblanadi[5][6].

Gʻoliblar roʻyxati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Erkaklar oʻrtasida[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ayollar oʻrtasida[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ayollar oʻrtasida[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dansk Fodbold mukofoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

2006-yildan beri Daniya futbol assotsiatsiyasi TV2 telekanali bilan hamkorlikda Daniya futbol assotsiatsiyasining maxsus mukofoti (Dansk Fodbold mukofoti)ni berib keladi.

(*) Kattalar milliy terma jamoasida kamida bitta oʻyin oʻtkazgan futbolchilar.

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Talentem roku Sonntagová, trenérem Rada“ (Czech). fotbal.cz. FAČR (2020-yil 5-yanvar). Qaraldi: 2020-yil 6-yanvar.
  2. „Denmark - Member associations - Inside UEFA“. www.uefa.org. 2017-yil 15-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 19-mart.
  3. „Unknown“ (da). dbu.dk.
  4. „Директор Датской лиги: С приходом Hypercube экономика выросла на 20%, но Россия должна учитывать местные реалии“ (ru). Рейтинг Букмекеров. 2021-yil 16-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 16-iyul.
  5. „DBU TALENTPRIS“ (da). dbu.dk. 2018-yil 12-dekabrda asl nusxadan arxivlangan.
  6. „NIKI ZIMLING FIK ARLA TALENTPRIS“ (da). dbu.dk. 2018-yil 17-dekabrda asl nusxadan arxivlangan.