Danil Bugakov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Danil Bugakov
Shaxsiy maʼlumotlari
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Tavallud sanasi 29-yanvar 1988-yil
Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR
Boʻyi 188
Vazni 69
Sport
Qaysi sport suzish


Danil Grigorevich Bugakov (tugʻ. 29-yanvar 1988-yil, Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — oʻzbek suzuvchisi, koʻp karra Oʻzbekiston chempioni, XXVIII yozgi Olimpiya oʻyinlari va XXIX yozgi Olimpiya oʻyinlari ishtirokchisi, suzish boʻyicha Osiyo chempionati sovrindori, chempion va sovrindori. Yopiq inshootlardagi Osiyo oʻyinlari chempion va medal sovrindori.

Martaba[tahrir | manbasini tahrirlash]

Danil yoshligida ota-onasi Grigoriy Bugakov va Natalya Obuxova rahbarligida suzishni boshlagan[1]. Uning singlisi Mariya Bugakova ham suzish bilan shugʻullangan. 2002-yilda Danil Hong Kongda oʻtkazilgan suzish boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida chalqancha suzish boʻyicha birinchi oʻrinni egalladi[2].

2004-yilda Afinada boʻlib oʻtgan Yozgi Olimpiya oʻyinlarida u 100 metrga chalqancha suzish boʻyicha musobaqada qatnashib, saralash bosqichida 1:02,28 natijani qayd etdi, ammo bu turnirning final qismiga yoʻllanma olish uchun etarli emas edi[3].

2006-yilda Singapurda boʻlib oʻtgan suzish boʻyicha Osiyo chempionatida 50 m masofaga erkin usulda suzishda bronza, 4x100 m estafetada kumush medalni qoʻlga kiritdi[4].

2008-yilda Pekinda boʻlib oʻtgan Yozgi Olimpiya oʻyinlarida u 100 metrga chalqancha suzish boʻyicha musobaqada qatnashib, saralashda atigi 39-chi, 200 metrga kompleksda esa 46-natijani koʻrsatdi[5][6].

2009-yilda Rimda boʻlib oʻtgan suv sporti boʻyicha jahon chempionatida u 4×100 m masofaga erkin usulda estafeta (3 daqiqa 23,55 soniya) va 4×100 m kombinatsiyalangan estafeta (3,45,23) boʻyicha ikkita milliy rekord oʻrnatdi. Biroq medallar qoʻlga kiritilmadi[7]. Xanoyda boʻlib oʻtgan Yopiq inshootlardagi Osiyo oʻyinlarida 50 metrga erkin usulda suzishda bronza, 4×100 m masofaga erkin usulda suzishda oltin va 4×50 m masofaga erkin usulda suzishda kumush medalni qoʻlga kiritdi[8].

2012-yilda Plzeň shahrida oʻtkazilgan xalqaro musobaqada u 50 metrga erkin usulda suzishda uchinchi, 100 metrga chalqancha suzishda ikkinchi oʻrinni egalladi[9].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Даниил Бугаков — наш чемпион!“ (ru). «Мой Ташкент» (2010-yil 14-iyun). Qaraldi: 2021-yil 24-avgust.
  2. „Like a fish in water“ (en). Uzbekistan Today (2008-yil 25-yanvar). 2011-yil 20-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 24-avgust.
  3. „Men's 100m backstroke results“ (en). BBC News (2004-yil 12-avgust). Qaraldi: 2021-yil 24-avgust.
  4. „Еще две медали узбекистанских пловцов“ (ru). UzReport.news. Qaraldi: 2021-yil 24-avgust.
  5. „100 metres Backstroke, Men“ (en). Olympedia.org. Qaraldi: 2021-yil 24-avgust.
  6. „200 metres Individual Medley, Men“ (en). Olympedia.org. Qaraldi: 2021-yil 24-avgust.
  7. „Пловцы Узбекистана вернулись с рекордами республики“ (ru). Газета.uz (2009-yil 4-avgust). Qaraldi: 2021-yil 24-avgust.
  8. „Пловцам из Узбекистана на III Азиатских играх во Вьетнаме завоевали наибольшее количество медалей“ (ru). Regnum. Qaraldi: 2021-yil 24-avgust.
  9. „Успехи наших пловцов на международном соревновании "Пльзеньский стайер"“ (ru). МойГород.uz. Qaraldi: 2021-yil 24-avgust.