Damir Džumhur

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Damir Džumhur
ITF ismi Damir Dzumhur
Mamlakat Bosniya va Gerzegovina bayrogʻi Bosniya va Gertsogovina
Istiqomat joyi Sarayevo, Bosniya va Gersegovina
Belgrad, Serbiya
Tugʻilishi 20-may 1992-yil (1992-05-20) (31 yosh)
Sarayevo, Bosniya va Gersegovina
Boʻyi 1.75 m sm
Professionallik 2011
Ishlatadigan qoʻli Oʻng qoʻl
Murabbiy Ivan Dugandžić (2021-)
Olgan jami pul mukofot(lar)i miqdori $US$4,665,529
Yakkalik bahslar
Rekordi 127–141
Jami titullari 3
Eng yuqori pozitsiyasi No. 23 (2018)
Joriy pozitsiyasi No. 238 (15 August 2022)[1]
„Katta dubulgʻa“ turniri yakkalik bahslari natijalari
Australian Open 3R (2014, 2018)
French Open 3R (2015, 2018)
Wimbledon 2R (2016, 2017, 2018)
US Open 3R (2017)
Boshqa turnirlar
Olympic Games 1R (2016)
Juftlik bahslari
Rekordi 13–43
Jami titullari 0
Eng yuqori pozitsiyasi No. 117 (2018)
Joriy pozitsiyasi No. 592 (2022)
„Katta dubulgʻa“ turniri juftlik bahslari natijalari
Australian Open 1R (2018, 2019)
French Open 2R (2018)
Wimbledon 1R (2015, 2018)
US Open 1R (2017, 2018)
Jamoa musobaqalari
Davis Cup Europe/Africa Zone Group I
2nd Round (2017)
Soʻnggi marta yangilandi: 2022-yil 4-aprel.

Damir Džumhur (1992-yil 20-mayda tugʻilgan) — Bosniya va Gersegovinalik professional tennischi[2]. Hozirda u Bosniya va Gertsegovinaning 1-raqamli tennischisi hisoblanadi[3]. U faoliyatidagi eng yaxshi yakkalik reytingiga 2018-yil 2-iyulda erishdi (dunyoning 23-raqamli tennischisi) va bu uni Bosniya va Gertsegovina terma jamoasi uchun kurashgan eng yuqori reytingli tennischiga aylantiradi[4].

2017-yilgi Peterburg Open yakkalik turnirida g‘olib chiqqan Džumhur Bosniya bayrog‘i ostida ATP World Tour chempionligini qo‘lga kiritgan birinchi o‘yinchi bo‘ldi. U 2017-yilgi Kreml kubogida ham gʻalaba qozondi va tennis tarixida bir mavsumda Rossiya hududida oʻtkazilgan ikkala musobaqada ham gʻalaba qozongan birinchi tennischi boʻldi. Džumhur, shuningdek, Bosniya va Gersegovinani „ Katta Dubulgʻa“ turnirlarining asosiy toʻrlarida himoya qilgan birinchi erkak tennischi hisoblanadi[5].

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Džumhur 1992-yil 20-mayda Sarayevoda otasi Nerfid Djumhur va onasi Janetaning birinchi farzandi boʻlib tugʻilgan. U Bosniya urushi boshlanganidan koʻp oʻtmay Zetra Olimpiya zali yaqinida joylashgan tugʻruqxonada tugʻilgan. O‘shanda arena vayron bo‘lgan, ammo aynan shu joyda keyinchalik Damir tennis bilan shug‘ullana boshlaydi[6].

Džumhur bolaligida tennisdan tashqari futbol bilan ham shugʻullangan. U ashaddiy futbol ishqibozi va Bosniyaning FK Jeljezničar jamoasini qoʻllab-quvvatlaydi[7].

Tennisdagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Džumhur oʻzining soʻnggi „Katta dubulgʻa“ turnirida

Džumhurga boshidanoq 1994-yildan beri tennis maktabini boshqarib kelayotgan otasi Nerfid murabbiylik qiladi. U besh yoshida tennis oʻynashni boshlagan va 1999-yildan tennis bilan professional tarzda shugʻullana boshlagan[8].

Dastlabki yillarida u asosan Bosniya va Gersegovina, Xorvatiya, Serbiya va Chernogoriyadagi mahalliy tadbirlarda ishtirok etgan. Uning birinchi yirik muvaffaqiyati 2004-yilda Rimda boʻlib oʻtgan 12 yoshgacha boʻlgan yoshlar oʻrtasidagi norasmiy Yevropa chempionatida gʻalaba qozonishi boʻlgan. Oʻsha yili u jami toʻqqizta turnir oʻtkazdi va ularning barchasida gʻalaba qozondi[9].

2012 Koshice Open, Miloslav Mečíř Jr bilan chorak final oʻyinida.

ATP finallari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Natija W-L Turnir Darajali Yuzaki Raqib Hisob
Magʻlubiyat 0-1 Winston-Salem Open, Amerika Qoʻshma Shtatlari 250 seriyali Qattiq Ispaniya Roberto Bautista Agut 4-6, 4-6
Gʻalaba 1-1 Peterburg Open, Rossiya 250 seriyali Qattiq (i) Italiya Fabio Fognini 3-6, 6-4, 6-2
Gʻalaba 2-1 Kreml kubogi, Rossiya 250 seriyali Qattiq (i) Litva Ričardas Berankis 6-2, 1-6, 6-4
Gʻalaba 3-1 Antalya Open, Turkiya 250 seriyali Maysa FransiyaAdrian Mannarino 6-1, 1-6, 6-1

 

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. ATP Rankings
  2. „The pronunciation by Damir Džumhur himself“. ATP World Tour. Qaraldi: 2017-yil 25-oktyabr.
  3. „Rankings | Singles | ATP Tour | Tennis“.
  4. „Damir Dzumhur“. ATPTour.com. Qaraldi: 2021-yil 27-sentyabr.
  5. „Damir Dzumhur is among the 50 Best Tennis Players in the World! – Sarajevo Times“.
  6. „Mama sportskog heroja BiH: Damira sam rodila u izbjeglištvu pod granatama, uvijek je donosio sreću“. RadioSarajevo.ba (2014-yil 16-yanvar). 2014-yil 17-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 18-yanvar.
  7. „Biografija“. DamirDzumhur.com. Qaraldi: 2014-yil 18-yanvar.
  8. „Mama sportskog heroja BiH: Damira sam rodila u izbjeglištvu pod granatama, uvijek je donosio sreću“. RadioSarajevo.ba (2014-yil 16-yanvar). 2014-yil 17-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 18-yanvar. „Mama sportskog heroja BiH: Damira sam rodila u izbjeglištvu pod granatama, uvijek je donosio sreću“. RadioSarajevo.ba. 16 January 2014. Archived from the original on 17 January 2014. Retrieved 18 January 2014.
  9. „Biografija“. DamirDzumhur.com. Qaraldi: 2014-yil 18-yanvar. „Biografija“. DamirDzumhur.com. Retrieved 18 January 2014.