Damian Kądzior

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Damian Kądzior
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Damian Kądzior[1]
Tavallud sanasi 16-iyun 1992-yil (1992-06-16) (31 yosh)
Tavallud joyi Białystok, Polsha
Boʻyi 1.74 m
Ampluasi Winger
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Piast Gliwice
Raqami 92
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
0000—2012 Jagiellonia Białystok
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2012—2016 Jagiellonia Białystok 3 (0)
2012—2014Motor Lublin (ijara) 46 (8)
2014—2015Dolcan Ząbki (ijara) 31 (7)
2015—2016Wigry Suwałki (ijara) 14 (4)
2016—2017 Wigry Suwałki 33 (14)
2017—2018 Górnik Zabrze 37 (9)
2018—2020 Dinamo Zagreb 58 (16)
2020—2021 Eibar 6 (0)
2021Alanyaspor (ijara) 17 (0)
2021— Piast Gliwice 46 (8)
Milliy terma jamoa
2018- Polsha 6 (1)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Damian Kądzior (talaffuzi: Damian Kadzior; 1992-yil 16-iyunda tugʻilgan) — polshalik professional futbolchi, Polshaning „Piast Glivitse“ klubida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.

Klublardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kądzior Polshaning Białystok shahrida tugʻilgan va u yerda Yagiellonia Białystok yoshlar akademiyasiga oʻynagan[2].

Jagiellonia Białystok[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kądzior 2012-yildan „Jagiellonia“ jamoasida oʻynay boshladi va 3 ta oʻyinda maydonga tushdi[3].

Motor Lublinga ijara[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kądzior Motor Lublinga ikki yillik shartnoma asosida ijaraga oʻtdi. Lyublindagi faoliyati davomida jami 8 ta gol urdi[3].

Dolcan Ząbkiga ijara[tahrir | manbasini tahrirlash]

2015-yilning yanvar oyida Kądzior Ząbkovia Ząbki safiga kelib qoʻshildi va klubda jami 33 ta oʻyin oʻtkazib, 8 ta gol urdi[3].

Wigry Suwałkiga ijara[tahrir | manbasini tahrirlash]

2016-yilning 29-fevralida Kądzior ijara asosida Wigry Suwałkiga o‘tdi. Mavsum oxirigacha oʻynab klub safida 14 ta o‘yinda 4 ta gol urdi[3].

Wigry Suwałki[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kądzior Wigry Suwałki bilan 1-iyul kuni doimiy shartnoma imzoladi. Klubdagi faoliyati davomida 53 uchrashuvda jami 20 ta gol urgan[3].

Górnik Zabrze[tahrir | manbasini tahrirlash]

2017-yil 4-iyulda Górnik Zabrzega qoʻshildi[4]. 15-iyul kuni „Legia“ga qarshi debyut oʻyinida (3:1) jami 62 daqiqa oʻynadi[5]. Oʻzining birinchi golini 10-sentyabr kuni Termalicaga qarshi oʻyinda (2:1) kiritdi[6]. 20-oktabr kuni Korona Kielce qarshi kechgan bahsda (3:3) ikkita gol urdi[7]. Klubdagi soʻnggi uchrashuvi „Wisła Kraków“ bilan oʻtgan bahsda boʻldi[8][9].

Dinamo Zagreb[tahrir | manbasini tahrirlash]

Iyun oyining dastlabki kunlarida Xorvatiyaning 24sata kabi bir qancha gazetalari saytlari Kądzior chempion Dinamo Zagrebga oʻtishga yaqin ekani haqida xabar bergan edi[10][11]. 18-iyun kuni klub rasmiy ravishda Kądzior va yana bir qancha oʻyinchilarning klubga qoʻshilganini eʼlon qildi. Kądziorning narxi 500 000 yevro atrofida boʻldi. Klub Kądzior 92-raqamli formada oʻynashini eʼlon qildi[12][13].

Eibar[tahrir | manbasini tahrirlash]

2020-yil 29-avgustda Kądzior La Liga vakili SD Eibar bilan uch yillik shartnomaga rozi boʻldi[14].

Alanyasporga ijaraga[tahrir | manbasini tahrirlash]

2021-yil 19-yanvarda Kądzior Alanyasporga oʻtdi. Mavsum oxirigacha ijara asosida oʻynadi[15].

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2018-yilning may oyida Kądzior Polsha terma jamoasining Rossiyada boʻlib oʻtgan 2018-yilgi futbol boʻyicha Jahon chempionati uchun dastlabki 35 kishilik tarkibiga kiritildi[16]. Biroq 23 kishilik yakuniy tarkibga kira olmadi[17]. 2018-yilning 11-sentyabr kuni Irlandiyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida oʻz mamlakati safida debyut qilgan[18]. Polsha terma jamoasi safidagi ilk golini 10-iyun kuni UEFA 2020 saralashi doirasidagi Isroilga qarshi o‘yinda kiritgan.

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub[tahrir | manbasini tahrirlash]

7-aprel, 2021-yil holatiga koʻra
Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtirok va gollar
Klub Mavsum Liga Kubok Yevropa Boshqa Jami
Diviziya Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar
Jagiellonia Białystok 2012—2013[19] Ekstraklasa 2 0 1 0 - - 3 0
2014—2015[20] 1 0 1 0 - - 2 0
Jami 3 0 2 0 - - 5 0
Motor Lublin 2012—2013[19] II liga 14 1 0 0 - - 14 1
2013—2014[21] 32 7 2 0 - - 34 7
Jami 46 8 2 0 - - 48 8
Dolcan Ząbki 2014—2015[20] I liga 14 2 0 0 - - 14 2
2015—2016[22] 17 5 2 1 - - 19 6
Jami 31 7 2 1 - - 33 8
Wigry Suwałki 2015—2016[22] I liga 14 4 0 0 - - 14 4
2016—2017[23] 33 14 6 2 - - 39 16
Jami 47 18 6 2 - - 53 20
Górnik Zabrze 2017—2018[24] Ekstraklasa 37 10 7 2 - - 44 12
Dinamo Zagreb 2018—2019[3] Prva HNL 28 6 4 2 8 0 - 40 8
2019—2020[3] 30 10 3 3 4 0 1 0 38 13
Jami 58 16 7 5 12 0 1 0 78 21
Eibar 2020—2021[3] La Liga 6 0 2 0 - - 8 0
Alanyaspor 2020—2021 Süper Lig 11 0 1 0 - - 12 0
Jami faoliyati 239 59 29 10 12 0 1 0 281 69

Xalqaro[tahrir | manbasini tahrirlash]

14-oktyabr, 2020-yil holatiga koʻra [25]
Terma jamoa va yil boʻyicha ishtirok va gollar
Milliy terma jamoa Yil Ishtirok Gollar
Polsha 2018 3 0
2019 1 1
2020 2 0
Jami 6 1

Xalqaro gollari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ballar va natijalar birinchi boʻlib Polshaning gollari roʻyxatini koʻrsatadi, ballar ustuni har bir Kądzior golidan keyin ochkoni koʻrsatadi .
Damian Kądzior tomonidan kiritilgan xalqaro gollar roʻyxati
Yoʻq. Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa
1 2019-yil 10-iyun Narodowy stadioni, Varshava, Polsha  Isroil 4—0 4—0 UEFA Yevro-2020 saralashi

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dinamo Zagreb

  • Xorvatiya birinchi ligasi : 2018—2019, 2019—2020
  • Xorvatiya Superkubogi : 2019

Individual[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dinamo Zagreb
  • 2020-yilning eng yaxshi futbolchisi[26]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Acta del Partido celebrado el 29 de diciembre de 2020, en Barcelona“ [Minutes of the Match held on 29 December 2020, in Barcelona] (es). Royal Spanish Football Federation. 11-noyabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 30-dekabr 2020-yil.
  2. Gdy słyszysz śpiew kibiców Górnika, wiesz, że w życiu robisz coś zajebistego weszlo.com
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 3,4 3,5 3,6 3,7 „Polsha - D. Kądzior - Profile bilan news, career statistics and history - Soccerway“ (en). us.soccerway.com. Qaraldi: 20-iyun 2018-yil.
  4. Kusina. „Damian Kądzior w Górniku“. www.90minut.pl. Qaraldi: 20-iyun 2018-yil.
  5. „Górnik Zabrze - Legia Warszawa: skrót meczu i bramki“ (pl-PL). Onet Ekstraklasa.tv (15-iyul 2017-yil). Qaraldi: 20-iyun 2018-yil.
  6. „Bruk-Bet Termalica Nieciecza - Górnik Zabrze: skrót meczu i bramki“ (pl-PL). Onet Ekstraklasa.tv (10-sentyabr 2017-yil). Qaraldi: 20-iyun 2018-yil.
  7. „Górnik Zabrze - Korona Kielce: skrót meczu i bramki | Ekstraklasa“ (pl-PL). Onet Ekstraklasa.tv (20-oktyabr 2017-yil). Qaraldi: 20-iyun 2018-yil.
  8. „Górnik Zabrze - Wisła Kraków: skrót meczu i bramki“ (pl-PL). Onet Ekstraklasa.tv (20-may 2018-yil). Qaraldi: 20-iyun 2018-yil.
  9. „Damian Kadzior Match History | WhoScored.com“ (en). www.whoscored.com. Qaraldi: 20-iyun 2018-yil.
  10. „Dinamo je već našao zamjenu za Soudanija? Stiže Kadzior“ (hr). Qaraldi: 20-iyun 2018-yil.
  11. „Marin Leovac i Poljak Kadzior su riješeni: Iduća 'meta' Majer“ (hr). Qaraldi: 20-iyun 2018-yil.
  12. „Nova pojačanja vjeruju u uspješnu sezonu | Dinamo Zagreb“ (hr-HR). gnkdinamo.hr. Qaraldi: 20-iyun 2018-yil.
  13. „Damian Kadzior | Dinamo Zagreb“ (hr-HR). gnkdinamo.hr. 20-iyun 2018-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 20-iyun 2018-yil.
  14. „El internacional polaco Damian Kadzior, nuevo jugador armero“ (es). SD Eibar (29-avgust 2020-yil). Qaraldi: 29-avgust 2020-yil.
  15. „Son dakika | Alanyaspor, Damian Kadzior’u transfer etti“ (tr). Milliyet (19-yanvar 2021-yil). 27-yanvar 2021-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 19-yanvar 2021-yil.
  16. „World Cup 2018: Polsha announce preliminary 35-man squad“ (en-GB). talkSPORT (15-may 2018-yil). Qaraldi: 20-iyun 2018-yil.
  17. „World Cup 2018: Polsha confirm 23-man squad as key star Kamil Glik gets injured“ (en-GB). talkSPORT (4-iyun 2018-yil). Qaraldi: 20-iyun 2018-yil.
  18. „Polsha v Ireland game report“. Sky Sports (11-sentyabr 2018-yil).
  19. 19,0 19,1 „Sezon 2012/13“. 90minut. Qaraldi: 4-oktyabr 2020-yil.
  20. 20,0 20,1 „Sezon 2014/15“. 90minut. Qaraldi: 4-oktyabr 2020-yil.
  21. „Sezon 2013/14“. 90minut. Qaraldi: 4-oktyabr 2020-yil.
  22. 22,0 22,1 „Sezon 2015/16“. 90minut. Qaraldi: 4-oktyabr 2020-yil.
  23. „Sezon 2016/17“. 90minut. Qaraldi: 4-oktyabr 2020-yil.
  24. „Sezon 2017/18“. 90minut. Qaraldi: 4-oktyabr 2020-yil.
  25. „Kądzior, Damian“. National Football Teams. Benjamin Strack-Zimmermann. Qaraldi: 7-sentyabr 2021-yil.
  26. „Kądzior Dinamo Player of the Year“. sport.onet.pl (23-iyun 2020-yil). Qaraldi: 23-iyun 2020-yil.