Dale Carnegie
Dale Carnegie | |
![]() | |
Toʻliq ismi: | Dale Harbison Carnagey |
---|---|
Tavallud sanasi: | 24-noyabr 1888-yil |
Tavallud joyi: | Maryville, Missouri, AQSh |
Vafot sanasi: | 1-noyabr 1955-yil (66 yoshda) |
Vafot joyi: | New York, AQSh |
Fuqarolik: | AQSh |
Kasb: | yozuvchi, oʻqituvchi, ruhlantiruvchi notiq |
Dale Carnegie (/ˈkɑrnɪɡi/; ruschadan kirib kelgan talaffuzi Deyl Karnegi; 1922-yilga qadar Carnagey deb yozilgan; 24-noyabr 1888-yil – 1-noyabr 1955-yil) – amerikalik yozuvchi, oʻqituvchi, ruhlantiruvchi notiq. Carnegie oʻz-oʻzini takomillashtirish, samarali muloqot qilish qobiliyati, nutqlar qilish malakalarini mustaqil tarzda takomillashtirish bo‘yicha psixologik qo‘llanmalarni ishlab chiqqan[1]. Shuningdek, muloqotga kirishish nazariyasiga asos solgan.
Carnegie yozgan „Oʻz-oʻziga ishonch hosil qilish va omma oldida soʻzlash sanʼati“ (inglizcha: How to Develop Self-Confidence and Influence People by Public Speaking) (1926), „Doʻst orttirish va odamlarga taʼsir koʻrsatish toʻgʻrisida“ (inglizcha: How to Win Friends and Influence People) (1936) hamda „Bezovtalikni tark etish va yangi hayot boshlash sirlari“ asarlari unga katta shuhrat olib kelgan. Bu kitoblar dunyoning koʻplab tiliga, jumladan, oʻzbek tiliga tarjima qilingan.
Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]
Dale Carnegie 1888-yil 24-noyabrda Missouri shtatidagi Maryville shahrida qashshoq fermer oilasida tugʻilgan. U fermerlar James William Carnagey (1852–1941) va uning rafiqasi Amanda Elizabeth Harbisonning (1858–1939) ikkinchi oʻgʻli edi. Carnegie Maryvillening janubiy-sharqidagi Bedison atrofida oʻsgan va Rose Hill va Harmony bir xonali qishloq maktablarida oʻqigan[2][3]. Carnegie Maryville muallifi Homer Kroy bilan uzoq yillik doʻst boʻlgan[4].
1904-yilda, 16 yoshida, uning oilasi Missouri shtatining Warrensburg shahridagi fermaga koʻchib oʻtgan. Yoshligida u omma oldida nutq soʻzlashni yaxshi koʻrgan va oʻz maktabining debat jamoasiga qoʻshilgan[5] . Oʻrta maktabda uning turli Chautauqua assambleyalaridagi nutqlarga qiziqishi ortgan[5]. Oʻrta maktabni 1906-yilda tugatgan[5][6].
Carnegie Warrensburgdagi Davlat oʻqituvchilar kollejida oʻqigan. 1908-yilda lotin tilidan imtihon topshirmay kollejni tashlab ketgan, lekin ayni paytda oʻqituvchi boʻlishga qaror qilgan[5].
Cornegiening kollejdan keyingi birinchi ishi chorvadorlarga sirtqi kurslarda dars berish boʻlgan. Shu bilan birga savdo-sotiq ishlari bilan ham shugʻullangan. Armour & Company uchun bekon, sovun va choʻchqa goʻshti sotgan[7]. U Nebraskaning Janubiy Omaha shahrini oʻzining savdo hududiga aylantirib, kompaniyaning milliy yetakchisiga aylangan. Dale 1911-yil oʻz maqsadiga erishish uchun savdo-sotiq ishlarini toʻxtatgan.
1922-yilda Carnegie familiyasini Carnageydan Carnegiega oʻzgartirgan. U buni PR maqsadida qilgan boʻlishi mumkin, chunki oʻsha paytda millioner tadbirkor Andrew Carnagey (Dale kitoblarida qayta-qayta tilga olingan va iqtibos keltirgan) hammaga tanish edi. Carnegie 1947-yilda „Jiggs and Maggie in Society“ filmida rol oʻynagan. Carnegie 1955-yil 1-noyabrda New Yorkdagi Forest Hillsdagi uyida limfogranulematoz kasalligidan 66 yoshida vafot etgan. Yozuvchi Belton shahrida dafn etilgan[8].
Kitoblari[tahrir | manbasini tahrirlash]
- „Notiqlik san’ati“, (Joseph Berg Esenwein bilan) (inglizcha: Art of Public Speaking, with Joseph Berg Esenwein)[9] (1915)
- „Oʻz-oʻziga ishonch hosil qilish va omma oldida soʻzlash sanʼati“ (inglizcha: How to Develop Self-Confidence and Influence People by Public Speaking) (1926)
- „Mashhur kishilar hayotidan noʼmalum sahifalar“ (inglizcha: Little Known Facts About Well Known People)[10] (1934)
- „Doʻst orttirish va odamlarga taʼsir koʻrsatish toʻgʻrisida“ (inglizcha: How to Win Friends and Influence People) (1936) (muallif hayotligi paytida 5 milliondan ortiq nusxada sotilgan)
- „Bezovtalikni tark etish va yangi hayot boshlash sirlari“ (inglizcha: How to Stop Worrying and Start Living)[11] (1948)
- „Omma oldida nutq soʻzlash orqali oʻziga ishonchni qanday oshirish va odamlarga taʼsir oʻtkazish“ (inglizcha: Public Speaking for Brinzza Success) (1956)
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ https://n.ziyouz.com/portal-haqida/xarita/jahon-nasri-onlayn-antologiyasi/deyl-karnegi-1888-1955-aqsh
- ↑ „Clipping“. The Maryville Daily Forum. Newspapers (6-may 2016-yil). Qaraldi: 12-noyabr 2018-yil.
- ↑ „The Maryville Daily Forum“. Newspapers (1-noyabr 1955-yil). Qaraldi: 12-noyabr 2018-yil.
- ↑ „The Maryville Daily Forum“. Newspapers (4-iyun 1948-yil). Qaraldi: 12-noyabr 2018-yil.
- ↑ 5,0 5,1 5,2 5,3 „Dale Carnegie“. The Biography. Qaraldi: 19-avgust 2019-yil.
- ↑ Harper. „Dale Carnegie“. Historic Missourians. The State Historical Society of Missouri. Qaraldi: 19-avgust 2019-yil.
- ↑ https://www.nytimes.com/section/learning
- ↑ „Belton, MO - Official Website - Dale Carnegie“. www.belton.org. 7-aprel 2018-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 19-avgust 2019-yil.
- ↑ Joseph Berg Esenwein, Dale Carnegie. The Art of Public Speaking, New York Public Library (English), Home Correspondence School, 1915. ISBN 9781494991081.
- ↑ „The Library of Congress Record“. 10-iyul 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 21-yanvar 2012-yil.
- ↑ „The Library of Congress Record“. 9-iyul 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 21-yanvar 2012-yil.