Bezovtalikni tark etish va yangi hayot boshlash sirlari

Bu maqolani tinglang
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Bezovtalikni tark etish va yangi hayot boshlash sirlari
Asl nomi How to Stop Worrying and Start Living
Muallif(lar) Dale Carnegie
Tarjimon(lar) Fatxulla Namozov
Til inglizcha
Janr(lar)i Ommabop psixologiya
Nashr etilgan sanasi 1948
Nashriyot „Yangi asr avlodi“
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi 2009
Sahifalar soni 229
ISBN ISBN 998-9943-08-397-4
Ushbu maqolani tinglang (2 daqiqa)
noicon
Spoken Wikipedia icon
Bu audiofayl ushbu maqolaning 23-iyul, 2022-yil(2022-07-23) sanasidagi versiyasi asosida yaratilgan boʻlib, shu sanadan keyin amalga oshirilgan tahrirlarni aks ettirmaydi.

„Bezovtalikni tark etish va yangi hayot boshlash sirlari“ (inglizcha: How to Stop Worrying and Start Living) — amerikalik psixolog Dale Carnegie qalamiga mansub kitob. Ilk bor 1948-yil Simon and Schuster nashriyoti tomonidna chop etilgan. Kishilarga mustaqil ravishda oʻsishda koʻmaklashishni koʻzlovchi ushbu asar oʻz-oʻziga yordam berish (inglizcha: self-help) janridagi eng mashhur kitoblarning biridir.

Asar kirish soʻzida muallif kitobni oʻzi „New Yorkdagi eng baxtsiz kishilardan biri boʻlgani uchun yozganini“ taʼkidlaydi. Carnegie hayotdagi doim xavotirda yashaganini, xavotir olishni yengishni istaganini aytadi.

Kitobning maqsadi oʻquvchiga zavqliroq va toʻlaroq hayot kechirishga yordam berishdir. Buning uchun muallif oʻquvchini nafaqat oʻzi, balki atrofidagi odamlarga ham eʼtibor berishga chorlaydi. Asarda Carnegie kundalik hayot nyuanslarini koʻrib chiqadi, hayotning muhimroq aspektlariga eʼtibor berishga chorlaydi.

„Bezovtalikni tark etish va yangi hayot boshlash sirlari“ oʻnlab tilga, jumladan, oʻzbek tiliga tarjima qilingan. Asarni oʻzbek tiliga rus tilidan Fatxulla Namozov oʻgirgan. Oʻzbek tilida ilk bor 2009-yil „Bezovtalikdan xalos boʻlish va yangi hayot boshlash sirlari“ nomi bilan Toshkent shahrida „Yangi asr avlodi“ nashriyoti tomonidan chop etilgan. Yana „Doʻst orttirish va odamlarga taʼsir koʻrsatish toʻgʻrisida“ (inglizcha: How to Win Friends and Influence People) va „Oʻz-oʻziga ishonch hosil qilish va omma oldida soʻzlash sanʼati“ (inglizcha: How to Develop Self-Confidence and Influence People by Public Speaking) kitoblari bilan birgalikda „Muvaffaqiyat kaliti“ nomi bilan toʻplam oʻlaroq chop etilgan.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]