Dala sichqonlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Dala sichqonlari (Microtinae) -xomyaklar oilasining kenja oilasi, baʼzan alohida oila sifatida karaladi. Tanasining uz. 10—12 sm, baʼzi turlari 36 sm gacha. Kurak va oziq tishlari doimo oʻsib turadi. Shim. yarim shardagi barcha qitʼalar va orollarda tarqalgan. Yil davomida faol hayot kechiradi. Koʻpchiligi koloniya boʻlib yashaydi. 43 turi maʼlum. D.s.ga lemminglar, ondapgralar, koʻrsichqonlar, kulrang D.s, suv sichkrnlari va b. kiradi. Asosan oʻsimliklarning yer ustki qismi bilan oziqlanadi, baʼzi turlari oziq gʻamlaydi. Koʻpchilik turlari tulyaremiya, leptospiroz va b. kasalliklar mikroblarining tabiiy tashuvchisi hisoblanadi yoki ekinlarga ziyon keltiradi. Ondatralar va suv sichqonlari muynasi uchun ovlanadi.

Adabiyot[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil