Crysencio Summerville

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Crysencio Summerville
Summerville Feyenoord safida 2019-yil
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Crysencio Jilbert Sylverio Cirro Summerville[1]
Tavallud sanasi 30-oktyabr 2001-yil (2001-10-30) (22 yosh)
Tavallud joyi Rotterdam, Niderlandiya Niderlandiya
Boʻyi 1.74 m[2]
Ampluasi Vinger
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Angliya Leeds United
Raqami 10
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
RVVV Noorderkwartier
2008—2018 Feyenoord
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2018—2020 Feyenoord 0 (0)
2018—2019FC Dordrecht (ijara) 18 (5)
2019—2020ADO Den Haag (ijara) 21 (2)
2020- Leeds United 15 (3)
Milliy terma jamoa
2016—2017 Netherlands U16 4 (1)
2017—2018 Netherlands U17 16 (1)
2018 Netherlands U18 4 (1)
2019—2021 Netherlands U19 5 (6)
2021- Netherlands U21 3 (1)
Xalqaro medallar
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(6-noyabr uchun)

Crysencio Jilbert Sylverio Cirro Summerville (2001-yil, 30-oktabrda tugʻilgan) — gollandiyalik professional futbolchi, Premier Leaguening Leeds United jamoasida vinger sifatida oʻynaydi. U Gollandiya terma jamoasini yoshlar miqyosidagi xalqaro turnirlarda himoya qilgan.

Feyenoord akademiyasida muvaffaqiyat qozongan Summerville oʻzining Dordrecht va ADO Den Haag klublarida ijara asosida oʻzining birinchi marta faoliyatini boshlagan. U klub bilan shartnomani uzaytirish taklifini rad etganidan soʻng, u Leeds United klubiga oʻtdi.

Klubdagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Niderlandiya Feyenoord[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rotterdamda tugʻilgan, uning ota-onasi surinamlik. Summervil 2008-yilda Feyenoord akademiyasiga qoʻshilishdan oldin RVVV Noorderkwartierda yoshlar jamoasida oʻynagan[3][4]. 2018-yilning mart oyida u Feyenoord klubi bilan 2021-yilning yozigacha amal qiladigan birinchi professional shartnomasini tuzdi[5].

2018-yilning 12-dekabrida u 2018-19-yilgi mavsum oxirigacha ijara asosida Dordrecht klubida harakat qildi[6]. U Eerste Divizionidagi debyutini 2019-yil, 13-yanvarda Dordrecht klubi safida Den Bosch klubiga qarshi oʻyinda, uchrashuvning 70-daqiqada Oussama Zamouri oʻrniga maydonga tushirgan[7]. 2019-yilning 29-yanvarida u klub safidagi oʻn birinchi oʻyinini oʻtkazdi va oltinchi daqiqada professional futbolchi sifatidagi birinchi golini urdi[8].

2019-yil avgust oyida u Eredivisie klubi ADO Den Haag klubiga ijara asosida qoʻshildi[9]. U klubdagi debyutini 2019-yilning 31-avgustida VVV Venlo klubiga qarshi oʻyinda (1:0) oʻtkazdi[10]. 2019-yil, 26-oktabrda u ADO Den Haag safida birinchi golini 2019-yil, 26-oktabrda " Vitesse Arnhem klubiga qarshi oʻyinda (2:0) urdi va Eredivisieda klubning eng yosh toʻpurariga aylandi[11]. U klub safidagi faoliyati davomida ajoyib taassurot qoldirdi, ikki gol urib, uchta golli uzatma amalga oshirdi[12].

U 2020-21-yilgi Eredivisie mavsumi oldidan ijara muddati tugagach, Feyenoord klubiga qaytdi, Voetbal International xabariga koʻra, 2020-yil, 17-avgustda Summerville Feyenoord bilan uzaytirilgan yangi shartnoma taklifini rad etgan[13].

Angliya Leeds United[tahrir | manbasini tahrirlash]

2020-yil, 16-sentabrda Summerville nomaʼlum toʻlov evaziga Leeds United klubiga qoʻshildi va klub bilan uch yillik shartnoma imzoladi[14]. U 2021-yil, 17-sentyabrda Premyer-ligada Newcastle United klubiga qarshi oʻyinda debyut qildi va 67-daqiqada Raphinha oʻrniga maydonga tushdi[15]. 2022-yil, 23-oktabrda u Premyer ligadagi ilk golini Fulham klubiga qarshi oʻyinda (3:2) kiritdi[16]. 2022-yil, 29-oktabrda u 89-daqiqada Liverpool darvozasiga gol urib jamoasini 2:1 hisobida gʻalaba qozonishiga oʻz hissasini qoʻshdi va bu gʻalaba Leeds United klubining Anfieldda 2001-yil aprelidan buyon ilk gʻalabasiga aylandi, shuningdek, Liverpool klubining Premyer ligadagi 29 oʻyinlik magʻlubiyatsiz seriyasiga ham barham berdi[17]. 2022-yilning 5-noyabrida u navbatdagi gʻalaba golini urib, Leeds United klubini Bournemouth klubiga qarshi oʻz uyida 4:3 hisobida magʻlub etishga yordam berdi[18].

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gollandiyada tugʻilgan Summerville asli surinamlik[19]. U Gollandiyaning 17 yoshgacha boʻlgan milliy terma jamoasi safida 2018-yilgi UEFA U-17 Yevropa chempionatida gʻolib chiqgan, Germaniyaga qarshi guruh oʻyinida gol urgan va Italiyaga qarshi final bahsida zaxiradan maydonga tushgan[20].

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2022-yil, 5-noyabr holatiga ko'ra[21]
Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha koʻrinish va gollar
Klub Mavsum Liga Milliy kubok Liga kubogi Boshqa Jami
DIvizion Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Feyenoord 2018-19 Eredivisie 0 0 0 0 0 0 0 0
2019-20 Eredivisie 0 0 0 0 0 0 0 0
Jami 0 0 0 0 0 0 0 0 0 0
FC Dordrecht (ijara) 2018-19 Eerste Divisie 18 5 0 0 0 0 18 5
ADO Den Haag (ijara) 2019-20 Eredivisie 21 2 1 0 0 0 22 2
Leeds United 2020-21 Premier League 0 0 0 0 0 0 0 0
2021-22 Premier League 6 0 1 0 2 0 9 0
2022-23 Premier League 9 3 0 0 1 0 10 3
Jami 15 3 1 0 3 0 19 3
Karyera jami 54 10 2 0 3 0 0 0 59 10

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Niderlandiya U17

  • 17 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasidagi Yevropa chempionati: 2018[22]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „2020/21 Premier League squads confirmed“. Premier League (20-oktabr 2020-yil). Qaraldi: 21-oktabr 2020-yil.
  2. „Crysencio Summerville - stats, career and market value“.
  3. Crysencio Summerville WorldFootball.net saytida
  4. Beck. „Wie is Feyenoord-dilemma Crysencio Summerville?“ (niderlandcha). Elfvoetbal.nl (4-dekabr 2018-yil). Qaraldi: 25-sentabr 2020-yil.
  5. „Eerste profcontract voor Crysencio Summerville“ (niderlandcha). www.feyenoord.nl. Feyenoord (27-mart 2018-yil). Qaraldi: 25-sentabr 2020-yil.
  6. „Toptalent van Feyenoord naar FC Dordrecht“ (niderlandcha). FC Dordrecht (12-dekabr 2018-yil).
  7. „Game Report by Soccerway“. Soccerway (13-yanvar 2019-yil).
  8. „FC Dordrecht laat zege uit handen glippen“ (niderlandcha). FC Dordrecht (29-dekabr 2018-yil).
  9. „Crysencio Summerville op huurbasis naar ADO Den Haag“ (niderlandcha). ADO Den Haag (30-avgust 2019-yil). Qaraldi: 26-sentabr 2020-yil.
  10. „ADO Den Haag 1 VVV Venlo 0“. Eurosport (9-sentabr 2020-yil).
  11. „Summerville jongste ADO-doelpuntenmaker ooit: 'Drie punten zijn belangrijker'“ (niderlandcha). Omroep West (26-oktabr 2019-yil).
  12. „ADO Den Haag neemt weer afscheid van lichtpuntje Summerville“. Voetbal International (5-may 2020-yil). Qaraldi: 26-sentabr 2020-yil.
  13. Krabbendam. „Summerville mist perspectief bij Feyenoord en tekent niet bij“. Voetbal International (17-avgust 2020-yil). Qaraldi: 26-sentabr 2020-yil.
  14. Sobot, Lee. „Leeds United sign winger Crysencio Summerville from Feyenoord“ (inglizcha). Yorkshire Evening Post (16-sentabr 2020-yil). Qaraldi: 26-sentabr 2020-yil.
  15. „Saint-Maximin equaliser earns point“. BBC Sport (17-sentabr 2021-yil).
  16. „Leeds United 2–3 Fulham“. BBC Sport (23-oktabr 2022-yil).
  17. „Liverpool 1–2 Leeds United“. BBC Sport (29-oktabr 2022-yil).
  18. „Leeds United v Bournemouth“ (inglizcha). BBC Sport. Qaraldi: 5-noyabr 2022-yil.
  19. „Crysencio Summerville“. sport.de.
  20. „Italy U17 v Netherlands U17 game report“. UEFA (20-may 2018-yil).
  21. „C. Summerville: Summary“. Soccerway. Qaraldi: 9-yanvar 2022-yil.
  22. Saffer. „Netherlands win #U17EURO: at a glance“ (en). UEFA.com (2018-yil 20-may).