Kontent qismiga oʻtish

Crazy Little Thing Called Love

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
„Crazy Little Thing Called Love“
Queen qoʻshigʻi
„The Game“ albomidan
A tomon „Crazy Little Thing Called Love“
B tomon „We Will Rock You“
Yozilgan sanasi 1979-yil
Chiqarilgan sanasi 1979-yil 5-oktyabr
Format 7”
Janr

rokabilli[1][2]

Davomiyligi 2:42
Leybl
Matn muallif(lar)i Freddie Mercury
Prodyuser(lar) Queen, Mark Rayxold
Queen singllari xronologiyasi
„We Will Rock You“
(1979-yil)
Crazy Little Thing Called Love
(1979)
„Save Me“
(1980-yil)
YouTube logotipi «Crazy Little Thing Called Love» YouTubeda

Crazy Little Thing Called Love“ — „Queen“ rok-guruhining „The Game“ albomidagi qoʻshiq. Freddie Mercury tomonidan yozilgan. Qoʻshiq Rokabilli janrida yozilgan boʻlib, Mercury ushbu qoʻshiqni Elvis Presley uslubida ijro qilgan. Ushbu qoʻshiq singl formatda We Will Rock You qoʻshigʻi yozilgan plastinkaning B tomonida chiqarilgan.

Qoʻshiq haqida

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ushbu qoʻshiq Freddie Mercury gitara chalgan yagona qoʻshiqdir. Qoʻshiqda u Martin D-18 gitarasidan foydalangan. Ammo gitara solosini Brian May ijro etadi, lekin oʻzining Red Special gitarasida emas, balki Roger Taylorning Fender Telecaster gitarasida. John Dikon Fender Precision Bass bas-gitarasida, Taylor boʻlsa Ludwig zarbli asboblarida oʻynagan.

Qoʻshiqni yozish atigi yarim soat (juda oz) vaqt talab qilgan. Ushbu davrda ular Myunxen shahrida, yangi albom ustida ishlayotgan edilar. Mercury qoʻshiqni yaratishi bilan uni guruhga koʻrsatgan. „Musical Studios“ studiyasida shu vaqtda Taylor va Dikon bor edi. Mercury bilan birgalikda ular oʻzining barcha vokal partiyalari va qoʻshiq musiqasini yozishgan. Keyinchalik studiyaga May kelgan. U oʻzining bek-vokal partiyasini va gitara solosini ijro etgan va qoʻshiq tayyor boʻlgan.

Kaver versiyalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qiziqarli faktlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Mercury ushbu qoʻshiqni 10 daqiqada, vanna qabul qilayotgan paytida yozgan.
  1. Richard Crouse. Who Wrote The Book of Love?. Doubleday Canada, 1998. ISBN 978-0385257329. 
  2. Vladimir Bogdanov. All Music Guide to Country: The Definitive Guide to Country Music. Backbeat Books, 2003 — 368-bet. ISBN 978-0879307608. 
  3. Paul Elliott. „Every song on Queen’s Greatest Hits, ranked from worst to best“ (en). loudersound.com. Future Publishing Limited Quay House (2016-yil 13-iyul). 2021-yil 19-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 30-yanvar.

.