Coolio

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Coolio

Coolio 2002-yil Bosniyada AQSH armiyasi askarlari uchun ijroda
Umumiy maʼlumot
Tugʻilgan paytidagi ismi Artis Leon Ivey Jr.
Tavalludi 1-avgust 1963-yil
Vafoti 28-sentabr 2022-yil(2022-09-28)
(59 yoshda)
Los Anjeles, Kaliforniya, AQSH
Fuqaroligi AQSH bayrogʻi AQSh
Janr
Faoliyat yillari 1971–2022[2]
Sayt coolioworld.com

Artis Leon Ivey Jr. (talaffuzi: Artis Leon Ayvi Juniya; 1-avgust, 1963 — 28-sentabr, 2022)[3] Coolio (talaffuzi: Kulio) taxallusi bilan tanilgan amerikalik rapchidir. Avvaliga WC and the Maad Circle gangsta rap guruhi tarkibida ijro etgan Coolio 1990-yillar oʻrtalarida It Takes a Thief (1994), Gangstaʼs Paradise (1995) va My Soul (1997) yakkaxon albomlari bilan tanildi.

U 1995-yilda Grammy mukofoti olgan „Gangsta's Paradise“, hamda „Fantastic Voyage“ (1994), „1, 2, 3, 4 (Sumpin' New)“ (1996) va „C U When U Get There“ (1997) qoʻshiqlari orqali mashhurlikka erishdi.

1996-yildan Coolio mustaqil albomlar chiqardi, Nickelodeon seriali Kenan & Kel uchun „Aw, Here It Goes!“ ashulasini yozdi. U Cookin' with Coolio nomli web-serial va oshpazlik kitobi ham chiqargan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Gill, Andy. „Pop Albums / Where Eagles Daren't“ (en). The Independent (20-oktabr 2011-yil). Qaraldi: 6-avgust 2021-yil.
  2. Berry, Peter A. „Happy Birthday, Coolio!“. XXL Magazine (1-avgust 2018-yil). 31-may 2020-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 1-dekabr 2019-yil.
  3. „Rapper Coolio Dead at 59“. Rolling Stone. October 1, 2022da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: September 29, 2022.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]