Kontent qismiga oʻtish

Converse

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Converse
Turi Shoʻba korxona
Tarmogʻi
Egasi
Qachon asos solingan fevral1908 (116 yil avval) (1908-02) Malden, Massachusetts, AQSh[1]
Joylashuvi Boston, Massachusetts, AQSh
Hududiy xizmati Butun dunyo boʻylab
Asoschi(lari) Marquis Mills Converse
Rahbariyat Scott Uzzell (Prezident va CEO)
Mahsulot(lar)i
Brendlari
Aylanma daromadi $2,4 milliard (2023)[2]
Vebsayti converse.com

Converse (talaffuzi: konvers) – Amerika brendi boʻlib, poyabzal, kiyim-kechak va aksessuarlarni sotadi, tarqatadi va litsenziyalaydi. Brendga Marquis Mills Converse tomonidan 1908-yilda Massachusets shtatining Malden shahrida Converse Rubber Shoe Company nomi ostida asos solingan. U 2003-yilda Nike, Inc kompaniyasining shoʻba korxonasiga aylanishidan oldin ham bir nechta kompaniyalar tomonidan sotib olingan[3].

Converse dastlab qish mavsumi uchun moʻljallangan rezina taglikli poyabzal va etiklar ishlab chiqargan. Ikkinchi jahon urushi paytida harbiylar uchun poyabzallar ishlab chiqara boshlagan[4]. Dastlab, u bir nechta sport poyabzallari ishlab chiqaruvchilardan biri boʻlgan va AQSh bozorida ustunlik qilgan, ammo 1970-yillarda raqobatchilar oʻzlarining yangi uslublarini joriy etgani sababli kompaniya oʻz mavqeyini yoʻqotgan.

  1. „Converse turns 100“. Chucksconnection.com (2008-yil 29-may). 2011-yil 13-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 31-avgust.
  2. „Nike 2023 Form 10K“. Nike, Inc.. Qaraldi: 2023-yil 19-avgust.
  3. Wayne, Leslie. „Nike Purchasing Converse, A Legend on the Blacktop“. The New York Times (2003-yil 10-iyul). Qaraldi: 2022-yil 27-noyabr.
  4. Ailworth, Erin. „Pros and Cons“. Boston.com (2008-yil 2-mart). Qaraldi: 2022-yil 26-aprel.