Kontent qismiga oʻtish

Christian Doppler

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Kristian Doppler
Tavalludi 29.11.1803
Zalsburg, Muqaddas Rim Imperiyasi
Vafoti 17.03.1853
Lombard qirolligi - Venetsiya, Avstriya Imperiyasi
Fuqaroligi Avstriya imperiyasi
Mashhur ishlari Doppler effekti
Turmush oʻrtogʻi
Matilda Sturm (turm. 1836)

Kristian Andres Doppler (1803-yil, 29-dekabr – 1853-yil, 17-mart) [1]  – avstraliyalik matematik va fizik. U fizikada mavjud doppler effekti deb nomlangan hodisani aniqladi, unga koʻra kuzatuvchi qabul qilayotgan toʻlqin chastotasi qabul qiluvchi va manbaning nisbiy tezligiga bogʻliq.

Doppler portretining 1907-yilgi nusxasi.

Yoshligi va taʼlimi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Doppler 1803-yilda Zalsburgda (hozirgi Avstriyada) tugʻilgan. Doppler Iogan Yevangelist Doppler va Teresia Siliznerlarning ikkinchi oʻgʻillari edi. Dopplerning otasi Iogan Doppler Zalsburgda uchinchi avlod tosh yoʻnuvchisi edi[2]. Yosh Doppler oilasi savdo aloqalarida sadoqat koʻrsatdi[3]. Lekin uning sogʻligʻi yomonligi tufayli otasi uni biznes odami boʻlishga ruhlantirardi. Doppler ilk boshlangʻich taʼlimini 13 yoshida boshlagan[4]. Bitirgandan soʻng Linzdagi oʻrta maktabga koʻchib oʻtdi[5]. Dopplerning matematikaga qobiliyatini Zalsburgdagi matematik Simon Stampfer kashf etdi. Uning tavsiyasiga koʻra, Doppler 1822-yil Venadagi Politexnika Institutida oʻqish maqsadida maktabdan taʼtil oldi[6] va 1925-yilda Zalsburgga maktabni tamomlash uchun qaytib keldi[7]. Maktabni tamomlagandan soʻng Zalsburgda falsaga, Vena universiteti va hozirgi Vena Texnologiya institutida esa matematika va fizika yoʻnalishida taxsil oldi. 1829-yilda Vena Politexnika Institutida Professor Adam Von Burgga yordamchi sifatida ish boshladi, bu yerda u oʻz ilmiy izlanishlarini davom ettirdi[8]. 1835-yilda akademiyada ishlash maqsadida AQShga koʻchib oʻtishga qaror qildi[9]. AQSHga ketishdan avval unga Pragada, maktablardan birida oʻqitish taklifi berildi va bu ish uni Yevropada qolishga sabab boʻldi[10]. Koʻp oʻtmay, 1837-yilda Praga politexnika universitetida (hozirda Pragadagi Chexiya Texnika Universiteti) matematika va geometriya boʻyicha professor-oʻqituvchi vazifasi topshirildi. 1841-yilda toʻliq professorlik lavozimini oldi[2].

1836-yilda, Zargar Frans Shturm qizi Matilda Shturm bilan turmush qurdi[11]. Doppler va Matilda 5 farzand koʻrishdi. ilk farzand – Matilda Doppler 1837-yilda tavallud topdi. Dopplerning farzandi Lyudovik Doppler 1838-yilda tugʻilgan. Ikki yildan soʻng, 1840-yilda Adolf Doppler tugʻildi, toʻrtinchi farzand Berta Doppler esa 1843-yilda. Ularning oxirgi farzandlari Herman 1845-yilda tavallud topdi[2].

Doppler effektining rivojlanishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Zalsburgdag Makart maydonida joylashgan, Doppler tugʻilgan uy. Yonidagi uyda Motsart oilasi yashagan. Hozirda bu uyda Doppler tadqiqot va xotira jamiyati shu uyda joylashgan[12].
1843-1847-yillarda Doppler yashagan Pragadagi uy belgisi

1842-yil, 38 yoshida, Doppler Royal Boheman ilmiy tadqiqotlar jamiyatida leksiya berdi va tez orada uning Über das farbige Licht der Doppelsterne und einiger anderer Gestirne des Himmels maqolasi nashrdan chiqdi[2]. Bu maqolada Doppler oʻz prinsipi (keyinchalik, Doppler effekti nomi bilan taʼnildi) gʻoyasini ilgari surdi. Unga koʻra qabul qilinuvchi toʻlqin chastotasi qabul qiluvchi va toʻlqin chiqaruvchi manbalaning oʻzaro nisbiy tezligiga aytib oʻtilgan. U keyinchalik bu gʻoya bilan ikkilamchi yulduzlardan qabul qilinadigan koʻza koʻrinadigan nurlarning chastotasini ham izohlab berdi (bu gʻoyaning keyinroq xatoligi isbotlangan). Doppler shuningdek, agar yulduz radial tezlikda soniyasiga 136 ming kilometrdan oshsa, u inson koʻzi uchun koʻrinmay qolishiga ishonardi, garchi bu gʻoya xato edi[13].

Keyingi hayoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Doppler Praga Politexnikada professor sifatida ishlashni davom ettirdi, matematika, fizika va astronomiyaga oid 50dan ortiq maqola nashr ettirdi. 1847-yilda Pragadagi universitetni tark etib, Selmechbanyadagi Konchilik va Oʻrmonchilik akademiyasida matematika, fizika va mexanika professorligi maqomida ishini davom ettirgan.


Doppler tadqiqotlari 1848-yilgi Vengriya inqilobi davrida toʻxtab qoldi. 1849-yilda Venaga qochib oʻtdi[1] va Vena universitetida Amaliy Fizika Instituti boshligʻi etib tayinlandi. U yerda Franz unger bilan birgalikda, 1851-1853-yillarda taxsil olgan genetika otasi Gregor Mendelga dars berdi[14].

1853-yil, 17-mart kuni Venetsiyada, 49 yoshida vafot etdi (Venetsiya oʻsha vaqtda Avstriya Imperiyasining bir qismi boʻlgan). Uning qabri Venetsiyaning San Mishel orolidagi San Mishel qabristonida joylashgan[15][16].

Dopplerning toʻliq ismi haqida turli bahslar mavjud. Doppler oʻzini Kristian Doppler sifatida tanishtirgan. Tugʻilganlik haqidagi guvohnomalarda esa Uni Kristian Andres Doppler sifatida keltiriladi. Dopplerning Andreas ismi uning 5 avlod yuqori bobokalonidan qolgan[11]. Doppler oʻlimidan qirq yil oʻtgach, astronom Yuliy Sheyner uni Iogan Kristian Doppler sifatida tanishtirdi. Sheynerning xatosi esa bir necha bor manbalarga koʻchirib yozilgan[2].

  1. 1,0 1,1 „Whonamedit – dictionary of medical eponyms“. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; name "whonamedit" defined multiple times with different content
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 The search for Christian Doppler.  Manba xatosi: Invalid <ref> tag; name "AlecEden" defined multiple times with different content
  3. Eden, Alec. Christian Doppler : thinker and benefactor, Christian Doppler, Salzburg, Austria: Christian Doppler Institute for Medical Science & Technology, 1988 — 34-bet. ISBN 3-900905-00-2. OCLC 21739119. 
  4. Coman, I. (2005). "Christian Andreas Doppler ? The man and his legacy". European Journal of Echocardiography 6 (1): 7–10. doi:10.1016/j.euje.2004.06.004. PMID 15744940. 
  5. Coman, I. (2005). "Christian Andreas Doppler ? The man and his legacy". European Journal of Echocardiography 6 (1): 7–10. doi:10.1016/j.euje.2004.06.004. PMID 15744940. 
  6. Eden, Alec. Christian Doppler : thinker and benefactor, Christian Doppler, Salzburg, Austria: Christian Doppler Institute for Medical Science & Technology, 1988 — 34-bet. ISBN 3-900905-00-2. OCLC 21739119. 
  7. Eden, Alec. The search for Christian Doppler. Wien: Springer-Verlag, 1992. ISBN 978-0-387-82367-6. 
  8. „Christian Doppler - Biography“ (en). Maths History. Qaraldi: 2023-yil 14-fevral.
  9. Publishing, Helicon. Hutchinson Dictionary of Scientific Biography. Helicon Publishing, 2005 — 2899-bet. ISBN 1-280-73192-3. 
  10. Publishing, Helicon. Hutchinson Dictionary of Scientific Biography. Helicon Publishing, 2005 — 2899-bet. ISBN 1-280-73192-3. 
  11. 11,0 11,1 Eden, Alec. Christian Doppler : thinker and benefactor, Christian Doppler, Salzburg, Austria: Christian Doppler Institute for Medical Science & Technology, 1988 — 34-bet. ISBN 3-900905-00-2. OCLC 21739119.  Manba xatosi: Invalid <ref> tag; name ":1" defined multiple times with different content
  12. „Visit Salzburg – Christian Doppler birthplace“. www.visit-salzburg.net.
  13. Lequeux, James. Hippolyte Fizeau : physicist of the light, Les Ulis, 2020 — 32-bet. ISBN 978-2-7598-2188-4. OCLC 1164698750. 
  14. „The Mathematics of Inheritance“. Online museum exhibition. The Masaryk University Mendel Museum. 2011-yil 15-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 20-yanvar.
  15. Schuster, Peter M. (2005). Moving the Stars – Christian Doppler: His Life, His Works and Principle, and the World After. Pöllauberg, Austria: Living Edition. ISBN 3-901585-05-2 (translated by Lily Wilmes)
  16. Štoll, Ivan (1992). "Christian Doppler – Man, Work and Message". The Phenomenon of Doppler. Prague: The Czech National University. 28 b.