Chori Avaz

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Chori Avaz
Tavalludi 11-dekabr 1957-yil
Vafoti 29-noyabr 1991-yil(1991-11-29)
(33 yoshda)
Kasbi shoir
tarjimon
muharrir
Ijod qilgan tillari Oʻzbekcha
Fuqaroligi Oʻzbekiston SSR Oʻzbek SSR
Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston

Chori Avaz (1957-yil 11-dekabr; Gʻuzor, Oʻzbekiston SSR – 1992-yil 29-noyabr, Toshkent, Oʻzbekiston) – shoir, tarjimon va muharrir. Tarjimon oʻlaroq Fin eposi „Kalevala“ hamda Isikava Takuboku, Akutagava Ryunoske kabi shoirlarning sheʼrlarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan[1][2].

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Chori Avaz 1957-yil 11-dekabr kuni Qashqadaryo viloyatiga qarashli Gʻuzor tumanida tugʻilgan. U 1985-yil Oʻzbekiston milliy universitetining filologiya fakultetini tamomlagan.

Asarlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Chori Avazning tiriklik chogʻida „Baxtiyorlik shu emasmi?“ nomli esselar kitobi, shuningdek, „Tortilgan kamon“, „Uygʻonishdan oʻzga tole izlama“, „Kuz ertasi“ (1992) kabi asarlari nashr etilgan[3].

Tarjimalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Chori Avaz tarjimon sifatida polyak yozuvchisi Minkovskiyning „Baqaloq“ qissasini, yapon adiblari Ryunoske Akatugavaning „Qorongʻilikdagi suhbat“, „Pigmey soʻzlari“ asarlarini va Isikava Takubokuning „Tankalar“ asarlarini, shuningdek, fin xalq eposi hisoblangan „Kalevala“ dostoni, Kotib Yosinning „Grif“ asarlarini oʻzbek tiliga oʻgirgan[4].

Asarlari tarjimasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Chori Avazning rafiqasi Zebo Omonova tashabbusi bilan shoirning sheʼrlari turli tillarga tarjima qilingan. Xususan, 2022-yil ingliz tiliga tarjima qilingan asarlari namoyishi Misrda boʻlib oʻtgan. 2023-yil Anqaraning Yildirim Boyazid universiteti bilan hamkorlikda shoirning turk tiliga tarjima qilingan „Aydınlık hayaller“ kitobi nashrdan chiqqan va namoyish etilgan[4][5].

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Чори Аваз (1957-1992)“ (ru-RU). www.ziyouz.uz (2013-yil 26-sentyabr). Qaraldi: 2024-yil 26-mart.
  2. Abidov, Azam „Two poems by Chori Avaz“ (en-US). Azam Abidov (2020-yil 2-sentyabr). Qaraldi: 2024-yil 26-mart.
  3. „Chori Avaz. She’rlar & A’zam O’ktam. Do’st haqida so’z & Xoldor Vulqon. Chori Avaz xotirasiga | Xurshid Davron kutubxonasi“. kh-davron.uz. Qaraldi: 2024-yil 26-mart.
  4. 4,0 4,1 „Қашқадарё газетасининг расмий веб сайти“ (en-US). Қашқадарё газетасининг расмий веб сайти. Qaraldi: 2024-yil 26-mart.
  5. uza.uz „Yaxshi she’r, dilga yaqin satrlar barhayot“ (uz). Uza.uz (2023-yil 12-oktyabr). Qaraldi: 2024-yil 26-mart.