Akutagava Ryunoske

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Akutagava Ryunoske (1892.1.3 – Tokio – 1927.24.7) – yapon yozuvchisi. Oʻz asarlari bilan yapon adabiyotini jahon miqyosiga chiqishini boshlab bergan. U ijodida gʻarb va yapon adabiyoti an’analarini oʻzaro uygʻunlashtirib, yapon an’anaviy tasvir va ifoda usu-lini yangi yoʻnalishga burgan. Inson ongining "jumboq"ligi, oldindan ay-tib boʻlmaslik xususiyati ifodalangan hikoyalari – "Ryosman" (1915), "Burun" 284(1916) unga shuhrat keltiradi. "Kuz" (1920), "Sovuq" (1924) psixologik hikoyalarida esa ijtimoiy yovuzlik du-nyosida ezgulikning fojiaviy qismati aks etgan. "Suv alvastilari mamlaka-tida" (1927) ijtimoiy-fantastik ma-joziy asardir. Insonning yolgʻizligi, uning vaqt, tarix oddida ojizligi pand-nasihatdan iborat "Tentakning hayoti" (1927) nomli soʻnggi asarining mavzu-idir. Yapon madaniyatida beqiyos oʻrin egallagani uchun "Akutagava" milliy mukofoti ta’sis etilgan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.